Sport

Levandovski sobiq jamoasiga qarshi

Bugun Chempionlar ligasida “Barselona” “Bavariya”ga qarshi maydonga tushadi.

Levandovski sobiq jamoasiga qarshi

 

Yana bir necha soatlardan so‘ng, “Bavariya” Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turi doirasida “Barselona”ni qabul qiladi. Bu o‘yinning asosiy intrigasi polshalik hujumchi Robert Levandovski bilan bog‘liq. Yozda Robertning Germaniyadan Ispaniyaga ko‘chib o‘tishi transfer oynasining eng muhim voqealaridan biri bo‘ldi.

 

Biz uzoq vaqtdan beri Levandovskining ketma-ket gollar urib, rekordlarni yangilashiga o‘rganib qolganmiz. Ammo, transfer unga qanday taʼsir qildi? Bu haqda biroz mulohaza yuritib ko‘ramiz.

 

Ilg‘or statistikani yana-da yaxshilash vaqti keldi. Yozdagi transferning Levandovskiga taʼsirini ko‘rsatish uchun, uning o‘tgan va joriy mavsumdagi o‘yinlarini solishtirishning o‘zi kifoya.

 

Polshalik futbolchining zarbalari o‘tgan yilgiga qaraganda aniqroq bo‘lib chiqmoqda. O‘tgan mavsumda Robertning 57 foiz urinishlari aniq nishonga borgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 69 foizga yetdi. Shuningdek, eng muhimi Levandovski imkoniyatlarini golga aylantira olmoqda. Bu mavsumda Robertning grossmeysterlik ko‘rsatkichi 45 foizni tashkil etyapti. O‘tgan mavsumda bu 35 foiz edi. Bu natijalar Robert faoliyatiga ijobiy taʼsir qilmoqda va u o‘sishda davom etmoqda. Ispaniya chempionati doirasida futbolchi hali juda kam o‘yin o‘tkazdi. Shuning uchun yakuniy xulosani, mavsum oxirida chiqarishimiz mumkin. Biroq, ayni damda hujumchi qayd etayotgan natijalar shunchaki hayratlanarli. Robert har o‘yinda o‘zining hisobiga gol yozdirib qo‘ymoqda. Agar, u jarohat olmaydigan bo‘lsa, “Barsa” hujumchisi yana raqib darvozasiga ko‘plab to‘p kiritishi mumkin. Levandovskining aniq paslar foizida ham o‘sish kuzatilganini ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari, hujumchi ikki mavsumni hisobga olsak, yakkakurashlarning 40 foizida g‘alaba qozongan.

 

Futbolchi “Bavariya” jamoasiga endi qo‘shilgan vaqtlari unchalik mashhur hujumchi emasdi. Shu sababli ham Myunxen klubidagi birinchi mavsumining boshida yettita o‘yinda ikkita gol urishga erishgandi. Keyinchalik esa o‘yinida ancha o‘zgarish yasay oldi. Jamoasining va chempionatdagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.

 

Hozir Ispaniyada Levandovski yettita o‘yinda 10 ta gol va ikki golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Robert Levandovski bugun “Bavariya”ga qarshi o‘yinga yaxshigina motivatsiya bilan chiqadi. Polyak uyga mehmon sifatida qaytmoqda. Bu to‘qnashuvda Levandovskini to‘xtatish nihoyatda qiyin bo‘ladi.

 

custom img

Erondagi O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilarining ahvoli qanday?

Maʼlumotlarga ko‘ra, ular notinch vaziyat sababli Eronni vaqtincha tark etyapti.

custom img

Eron rasman Jahon chempionatini tark etdi

Hukumat sportchilarning Jahon chempionatiga borish xavfini o‘z zimmasiga olmasligini bildirdi.

custom img

Meliqo‘ziyev ganalik raqibini texnik nokautga uchratdi

U shu tariqa WBA Continental Americas kamarini himoya qildi va 17-g‘alabasini qayd etdi.

custom img

“Darhol yo‘lga chiq”: Tramp Ronalduni AQSHga chaqirdi

Amerika rahbari Krishtianuni eng buyuk futbolchi deb atadi.

custom img

O‘zbekiston sportchilari qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini medalsiz yakunladi

Mamlakat sharafini short-trekchi Daniil Yeybog va tog‘ chang‘ichisi Medet Nazarov himoya qildi.

custom img

Husanov transferidan keyin O‘zbekiston Manchester City uchun strategik bozorga aylandi

“Manchester Evening News” e’tirofiga ko‘ra, Abduqodir Husanovning Manchester Cityga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi: atigi bir necha hafta ichida O‘zbekiston “Siti”ning eng faol auditoriyasiga aylandi, millionlab muxlislar esa ingliz klubini global trendga olib chiqdi.

custom img

O‘zbekiston vakillari qishki Olimpiadadagi debyut ishtirokini yakunladi

Short-trekda Daniil Eybog 14-o‘rinni egalladi, tog‘ chang‘isida Medet Nazarov gigant-slalomda 50-pog‘onadan joy oldi.

custom img

FIDE Freestyle Jahon chempionati: Abdusattorov va Sindarov 4-turda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Hans Niemann va Arjun Erigaisiga imkoniyatni boy berdi, keyingi turda esa ular o‘zaro bahs olib boradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"