Gavi Kataloniyada yana to‘rt yil qoladigan bo‘ldi
“Barselona” futbolchi bilan shartnomani uzaytirganini eʼlon qildi.

“Barselona” yarim himoyachisi Gavi klub bilan shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda kataloniyaliklar matbuot xizmati xabar berdi.
18 yoshli ispaniyalik futbolchining “Barselona” bilan yangi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Yarim himoyachining tovon puli 1 milliard yevro. Gavi bilan shartnomani uzaytirilganligi bo‘yicha 15 sentyabr kuni Barselonadagi “Kamp Nou” stadionida ommaviy tadbirda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Gavi o‘tgan yozdan beri “Barselona”ning asosiy jamoasida o‘ynab kelmoqda. Futbolchi kataloniyaliklar safida 54 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.







