Sport

Holand Messining rekordini yangilay oladimi?

Futbolchi ayni damda Premyer-ligada ketma-ket gollar urib kelmoqda.

Holand Messining rekordini yangilay oladimi?

 

 

Angliyaning “Manchester Siti” klubi ketma-ket mamlakat chempionligi bilan birga Yevropa chempionlar ligasi g‘olibligi uchun ham aossiy davogarlardan biri bo‘lib kelmoqda. Bu mavsum avvalida jamoa hujum chizig‘ini yetarli darajada kuchaytirishga erishdi. Buni Erling Holand misolida aytishimiz mumkin. Sababi, futbolchi mavsum boshlanganidan beri o‘zining to‘purarlik qobilyatini namoyish etib kelmoqda. 

 

Norvegiyalik futbolchi chempionatdagi 6 ta o‘yinda 10 ta gol urishga erishdi. Hujumchi Premyer-liganing 14 ta jamoasi urgan gollardan ham ko‘p gol urishga muvaffaq bo‘ldi.  Xo‘sh, Holandning bu darajadagi o‘yinlarda ketma-ket gollar urishiga, hujumdagi faoliyatiga asosiy sabab nima? Bu yillar davomida qilingan mehnat bilan bog‘liqmi yoki ko‘proq bunda iqtidor talab etiladimi?

 

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi, 1986 yilgi jahon chempionatining “Oltin butsasi” sovrindori Gari Lineker golni sezish tuyg‘usi tug‘ma mahorat bo‘lishi shart emas va uni o‘rganish mumkinligini aytadi. 

 

“Hujumda hamma narsani hisoblash mumkin. Jamoaning qanday o‘ynashini, to‘p jarima maydonchasiga qayerda yetkazilishini tushunish muhim va agar siz ushbu dinamikaga moslashsangiz, ertami-kechmi yaxshi hujumchi bo‘la olasiz”. 

 

Bir necha mavsum oldin “Manchester Siti”ning asosiy gollari odatda chap qanotdan kiritilardi. Bu qanotda Aleksandr Zinchenko, David Silva, Kayl Uoker va Serxio Aguero faollik ko‘rsatardi. 

 

“Menga basketbol o‘yinidagi holat yoqadi. Sababi o‘yinchilar uch soniyalik zonada to‘pni kutishmaydi, balki doimiy harakatda bo‘lishadi. Bu esa himoyachilar uchun  bo‘sh nuqtalarni yaratadi. Shu bois, men har doim o‘yinchilarga bo‘sh joy qidirib, bo‘sh joy yaratishni, jarima maydonchasi ichida to‘pni kutmaslikni aytaman”, — degan Xosep Gvardiola.

 

Kechagi bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Siti” ham asosan chap qanotdan hujumlar uyushtirib, raqib himoyasi atrofida bir qancha hujumlar uyushtirdi. “Siti” o‘tgan yili Jek Grealish bilan shartnoma imzolashi bilan hujumda yana bir kuchga ega bo‘lgandi. Ingliz futbolchisi to‘pni ushlab turish va bir vaqtning o‘zida bir nechta raqibni aldab hujumga o‘tish qobiliyatiga ega. “Siti” o‘tgan mavsumda Bernardodan to‘qqizlik futbolchisi sifatida foydalandi. 

 

Jamoa qanchalik hujumkor o‘yin ko‘rsatishiga qaramay, Chempionlar ligasida bir qancha imkoniyatlarni qo‘ldan boy berdi. Holand hujumda har qanday muammoni yopishga qodir bo‘lgan futbolchiga aylandi.

 

Holand agar jarima maydonchasi tashqarisidan zarba beradigan bo‘lsa, u doim darvozaga aniq boradi. U ajoyib mahoratli futbolchi. Gvardiola hujumchining o‘yiniga qoyil qolmoqda. Fil Foden ham xuddi shunday xususiyatga ega, ammo Erling jamoaga kelishi katta yutuq bo‘ldi. Hujumdagi barqarorlik norvegiyalikga 1991–1992 yilgi mavsumda “Nyukasl” hujumchisi Mik Kuinning rekordini takrorlashga yordam berdi. U ham Angliya chempionatining dastlabki oltita o‘yinida 10 ta gol urgan. Erling Gvardiolaga “Barselona”dan ketganidan keyin birinchi marta yevrokuboklarda g‘olib bo‘lishiga katta yordam berishi mumkin.

 

Norvegiyalik futbolchi haqida APL tarixidagi eng yaxshi to‘purar Alan Shirer shunday deydi: 

 

“U deyarli hech qanday zaif tomonlari yo‘q fantastik o‘yinchi. Erling asosan gol urish instinkti uchun maqtovga sazovor. Biroq u boshqa jihatlari bilan tahsinga loyiq. Menga ayniqsa uning qarshi hujumlardagi o‘yini yoqadi. Aqlbovar qilmaydigan tezlikka ega hujumchi himoyachilardan osonlik bilan o‘tib ketadi”.

 

Shirerning so‘zlarini nafaqat Holandning mavsumni ajoyib boshlagani, balki 22 yoshli forvardning faoliyatidagi ajoyib gol urish mahorati ham tasdiqlaydi. O‘tgan mavsumda u 100 ta gol marrasini zabt etdi. Buning uchun norvegiyalikka 146 ta o‘yin kerak bo‘ldi. “Oltin to‘p” uchun raqib bo‘lgan Kilian Mbappe 180 ta o‘yinda, Lionel Messi 200 o‘yinda, Krishtianu Ronaldu qanot hujumchisi sifatida 301 o‘yinda bu natijani qayd etgan.

 

O‘n yil oldin, Leo La Ligada 50 ta to‘p urib, rekord o‘rnatgan edi. Hozircha Ronaldu bu natijaga biroz yaqinlashdi.

 

Holandning hozirgi natijalari ushbu rekordni nishonga olishga imkonini beradi. Erling har qanday rekordni takrorlay olishini isbotlamoqda. Uni to‘xtata oladigan yagona narsa bu — jarohat. Dortmundning “Borussiya”sida ikki mavsum davomida hujumchi jarohati tufayli 26 ta o‘yinni o‘tkazib yubordi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Holand Messining rekordini yangilay oladimi? | Zamon.uz