0

"Aleksandr Nevskiy" ordeni qanday mukofot va u kimlarga beriladi?

Kecha ShHT sammiti arafasida Putin Mirziyoyevga "Aleksandr Nevskiy" ordenini topshirdi.

"Aleksandr Nevskiy" ordeni qanday mukofot va u kimlarga beriladi?

 

"Siz Rossiyaning ushbu yuksak mukofotiga hammadan ko‘proq loyiqsiz. Ko‘p jihatdan sizning shaxsiy eʼtiboringiz tufayli Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari barcha sohalarda: siyosatda, iqtisodda, fan va madaniyatda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda", — dedi Putin. 

 

"Aleksandr Nevskiy" ordeni qanday mukkofot?

"Aleksandr Nevskiy" ordeni ilk bor 1724 yilda Pyotr I tomonidan taʼsis etilgan bo‘lib, dastlab u faqat oliy mavqeli sarkardalar va generallar uchun mo‘ljallangan bo‘lgan. (Nevskiy - buyuk sarkarda) Pyotrning o‘lmidan so‘ng uning o‘rniga kelgan Yekaterina I ushbu ordenni davlat xizmatchilariga ham bera boshlagan.

 

1917 yilda oktyabr revolyutsiyasidan so‘ng, Chor Rossiyasining boshqa mukofotlari kabi ushbu orden ham bekor qilingan. Lekin Ikkinchi Jahon urushi vaqtida, 1942 yilda Qizil Armiya qo‘mondonlarini taqdirlash uchun sobiq SSSR rahbariyati ordenni qayta tiklashga qaror qiladi. Urushi yakuniga qadar Aleksandr Nevskiy ordeni bilan 40 mingga yaqin harbiylar taqdirlangan.

Bugungi Rossiyada "Aleksandr Nevskiy" ordeni maqomi 2010 yilda tasdiqlangan edi. Ushbu mukofot birinchi navbatda davlat oldida buyuk xizmatlar qilgan Rossiya fuqarolari ga berilgan.

 

Shuningdek, "Aleksandr Nevskiy" ordeni bilan taniqli xorijiy siyosiy va jamoat arboblari, xorijiy davlatlarning ishbilarmon doiralari vakillari Rossiya Federatsiyasi bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘rsatgan xizmatlari uchun mukofotlanishi mumkin.

Aytish joizki, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning "Aleksandr Nevskiy" ordeniga sazovor bo‘lgan ikkinchi davlat arbobidir.

1916 yilda Buxoro amiri Said Mir Muhammad Olimxon ham ushbu mukofot bilan taqdirlangan edi. Amir Olimxon Sankt-Peterburgda oliy harbiy bilim yurtida o‘qigan. Uning Chor Rossiyasi podshohlik oila aʼzolari bilan munosabatlari yaxshi bo‘lgan, ularning vakillarini Buxoroda qabul qilgan. Shuningdek Birinchi Jahon urushi yillarida Rossiyaga yordam ko‘rsatgan.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"