Sport

JCH-2022: Jahon chempionati haqida qiziqarli maʼlumotlar

Musobaqa tarixda ilk bor kuz va qish fasllarida o‘tkazilmoqda.

JCH-2022: Jahon chempionati haqida qiziqarli maʼlumotlar

 

 

Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga ham oz fursat qoldi. U 2022 yil 21 noyabrda rasman start oladi. Ko‘plab jamoalar turnirning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. 2022 yilgi jahon chempionatida bizni ko‘plab yorqin va ajoyib o‘yinlar kutib turibdi. Ammo, turnirga yana-da qiziqishni kuchaytiradigan bir nechta qiziqarli faktlar mavjud. Ular haqida quyida maʼlumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

 

1.  Jahon chempionati o‘z tarixida birinchi marta yozda emas, kuz va qish faslida o‘tkaziladi. Ochilish o‘yini 21 noyabrda, final esa 2022 yil 18 dekabrda bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, 2022 yilgi jahon chempionati Yaqin Sharqda o‘tkaziladigan birinchi jahon chempionati hisoblanadi.

 

2.  Qatardagi JCH-2022 32 jamoa ishtirokidagi so‘nggi jahon chempionati bo‘ladi. 2026 yildan boshlab ishtirokchilar sonini 48 ta jamoaga yetkazishga qaror qilindi.

 

3.  Qatar terma jamoasi tarixda ilk bor turnirning final bosqichida ishtirok etadi. Jamoa 2022 yilgi jahon chempionatiga mezbon davlat sifatida saralash bosqichidan o‘ta olmay chiqdi.

 

4.  O‘yinlar Qatarning beshta shahrida joylashgan sakkizta stadionda o‘tkaziladi. Issiqlikka qarshi kurashish uchun tashkilotchilar barcha arenalarda haroratni 27 darajadan yuqori bo‘lmagan holatda ushlab turadigan havo sovutish tizimlarini o‘rnatishga vaʼda berishgan.

 

5.  Spirtli ichimliklarga oid qonunlarga qaramay, Qatar turnir davomidagi taqiqni qisman olib tashlaydi. Mamlakatda spirtli ichimliklarni sotish va isteʼmol qilish qonuniylashtiriladi. Biroq muxlislar kuchli ichimliklarni faqat maxsus zonalarida xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.

 

6.  JCH-2022 o‘yinlariga faqat koronavirusga qarshi emlangan muxlislar tashrif buyurishi mumkin.

 

7.  2022 yilgi jahon chempionati oldidan tahlilchilar zamonaviy ishlanmalardan faol foydalana boshladilar. Misol uchun, superkompyuter yordamida jamoalarning o‘yinlarda qatnashish imkoniyatlari allaqachon baholangan. Bundan tashqari, o‘yinning aniq hisobini bashorat qiladigan robotlar (sunʼiy intellekt) ham qo‘llaniladi. Biroq, bunday prognozlarga 100% ishonish hali ham tavsiya etilmaydi.

 

8.  Stadionlar orasidagi maksimal masofa 56 km. Barcha muxlislar bir arenadan ikkinchisiga bir soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqt ichida yetib olishlari mumkin.

 

9.  2022 yilgi Jahon chempionati uchun chiptalar sotuvi allaqachon boshlangan. Eng qimmat chiptaning narxi 48 802 yevro.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

JCH-2022: Jahon chempionati haqida qiziqarli maʼlumotlar | Zamon.uz