Sport

Kutilgan va kutilmagan so‘ngi haftalarning transferlari

Yevropada transfer oynasi yopilgan bo‘lishiga qaramay bir qator futbolchilar yangi jamolariga qo‘shilishdi.

Kutilgan va kutilmagan so‘ngi haftalarning transferlari

 

 

1 centyabr kuni Yevropaning top-ligalarida transfer oynasi yopildi. Shunga qaramay, keyinchalik yana bir qancha muhim bitimlar amalga oshirildi. Birinchidan, Turkiya chempionatida bir haftadan so‘ng transfer oynasi yopildi. Ikkinchidan, klublar yilning istalgan vaqtida erkin agent bilan shartnoma imzolash imkoniyatiga ega. Quyida so‘nggi haftalarning asosiy transferlari haqida so‘z boradi.

 

Mishi Batshuayi (“Chelsi” → “Fenerbaxche”, 3,5 million yevro)

 

Belgiyalik hujumchi 2016 yilning yozida “Chelsi” safiga kelib qo‘shilgan, ammo asosiy tarkibda o‘z o‘rnini topolmagan. Batshuayi doimiy ravishda ijara asosida bir qancha klublarda o‘ynagan. U Dortmundning “Borussiya”, “Valensiya”, “Kristal Pelas”, “Beshiktosh” klublarida o‘ynagan. “Chelsi” nihoyat keraksiz hujumchidan qutulib, Turkiya chempionatiga sotib yubordi. 28 yoshli Mishi “Fenerbaxche” uchun Yevropa ligasida ikkita o‘yin o‘tkazdi va bitta gol urdi.

 

Marselo (“Real Madrid” → “Olimpiakos”, erkin agent)

 

“Olimpiakos” yulduz futbolchining professional faoliyatidagi uchinchi klub hisoblanadi. Marselo “Real”da 15 yildan ko‘proq vaqt o‘tkazdi hamda 546 o‘yinda ishtirok etdi. Bu vaqt ichida 5 marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. U shartnoma muddati tugashi munosabati bilan Madrid klubini tark etib, Gretsiyaga yo‘l oldi. “Olimpiakos” muxlislari ushbu kelishuvdan xursand bo‘lishdi va 34 yoshli futbolchini chiroyli kutib olishdi. Braziliyalik futbolchining Pireydagi taqdimotiga 25 ming kishi tashrif buyurdi.

 

Yan Vertongen (“Benfika” → “Anderlext”, erkin agent)

 

35 yoshli himoyachi vataniga qaytishga qaror qildi. 2006 yilda Vertongen Belgiyani tark etdi va shundan beri o‘z vatanining birorta klubida o‘ynamagandi. Centyabr oyi boshida Yan “Anderlext” bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va yangi jamoasida allaqachon uchta o‘yin o‘tkazdi. Futbolchining eng yaxshi yillari “Ayaks” va “Tottenhem”da o‘tgan.

 

Miralem Pyanich (“Barselona” → “Sharja”, erkin agent)

 

32 yoshli yarim himoyachi faoliyatida ilk bor Yevropadan tashqaridagi klub bilan shartnoma imzoladi. Bosniyalik futbolchi “Yuventus” va “Barselona” kabi taniqli jamoalarda to‘p surgan. Endi esa u Arabiston yarimoroli jamoasida o‘ynaydi.

 

Xuan Mata (“Manchester Yunayted” → “Galatasaroy”, erkin agent)

 

Ispaniyalik futbolchi 2011 yildan buyon Angliyada to‘p suradi. Umumiy hisobda u “Chelsi” va “Manchester Yunayted”da 400 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan. Mata shartnomasi tugashi munosabati bilan Manchesterni tark etdi va Galatasaroy bilan 1+1 ko‘rinishida shartnoma imzoladi. Turk klubi kuchli transfer kampaniyasini ishga soldi va 34 yoshli Mataning transferini bir hafta oldin ishlab chiqdi. Xuan o‘tgan mavsumda “Yunayted” safida bor-yo‘g‘i 12 ta o‘yinda maydonga tushdi, shuning uchun tomonlar hamkorlikni yangilashmadi.

 

Mauro Ikardi (“PSJ” → “Galatasaroy”, ijara)

 

O‘tgan mavsumda hujumchi o‘rtacha statistikaga ega edi - 30 o‘yinda beshta gol. Bu yozda Ikardi “PSJ” safida birorta ham o‘yin o‘tkazmadi, chunki u raqobatni yulduz jamoadoshlariga boy berdi. Bu vaziyatda argentinalik barqaror o‘yin amaliyoti bilan taʼminlanishi mumkin bo‘lgan klubga o‘tgani mantiqan to‘g‘ridek ko‘rinardi. 29 yoshli Ikardi allaqachon “Galatasaroy” safida debyut qilgan.

 

Xames Rodriges (“Al-Rayyan” → “Olimpiakos”, erkin agent)

 

Sakkiz yil muqaddam kolumbiyalik futbolchi Braziliyadagi jahon chempionati to‘purarlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagandi. O‘tgan mavsumni u Qatarda o‘tkazdi. “Ar-Rayyan” klubi uni 8 million yevroga sotib oldi. U yerda Rodriges 15 ta o‘yinda ishtirok etdi va “gol+pas”da 12 (5+7) ochko to‘pladi. Endi 31 yoshli futbolchi Marselo bilan birga Gretsiyaning top klubiga qo‘shildi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.