“Real Madrid” o‘z tarixidagi eng yaxshi mavsumlardan birini o‘tkazmoqda
Klub bundan 54 yil avval mana shunday natijani qayd etgan.

“Marca” nashriga ko‘ra, “Real Madrid” tarixidagi eng yaxshi startlardan birini o‘tkazmoqda.
“Real Madrid” mavsum boshidan beri ketma-ket to‘qqizta o‘yinda g‘alaba qozondi. Bu 1968/1969 yilgi mavsumdan beri eng yaxshi ko‘rsatkich. O‘shanda Madrid klubi dastlabki 11 uchrashuvda g‘alaba qozongan.
Klub, joriy mavsumda 6 ta o‘yinda g‘alaba qozondi. Jamoa Chempionlar ligasining dastlabki ikki bosqichida ham raqiblaridan ustun keldi. Shuningdek, UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Ispaniya chempionatining navbatdagi turida Madridning “Real” klubi “Osasuna” bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 2 oktyabr kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.







