Yan Oblak: “Atletiko” kechagi o‘yinda mag‘lubiyatga loyiq emasdi”
Futbolchi “Real”ga qarshi bahs haqida gapirdi.

“Atletiko” darvozaboni Yan Oblak “Real”ga qarshi Ispaniya chempionati 6-tur uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu o‘yinda madridliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
“Biz derbida mag‘lub bo‘ldik, bu juda muhim o‘yin. Lekin, ular unchalik yomon o‘ynamadi. Biz mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Raqib o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalandi, biz esa foydalana olmadik. 90 daqiqa hujum qilish qiyin, chunki raqibda tezkor futbolchilar bor. Ochiq o‘ynasa, yana-da ko‘proq gol urishi mumkin. Men bu mag‘lubiyatdan xafa bo‘ldim”, — deya “Marca Cloud” nashri futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, olti turdan keyin “Real Madrid” 18 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Barselona” 16 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Betis” 15 ochko bilan kuchli uchlikni yakunlab turibdi.







