Jek Grealish: “Men hali 100 foiz tayyor emasman”
Futbolchi o‘zining sport formasi haqida gapirdi.

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Jek Grealish hozirgi formasi haqida fikr bildridi.
“Men hali ham o‘zimni 100% yaxshi his qilmayapman. Bu mavsumda, shu jumladan, mavsum oldidan, men bor-yo‘g‘i beshta o‘yin va bitta to‘liq 90 daqiqa o‘ynadim. Hozircha o‘zimni to‘liq jismoniy shaklda ekanligimni his qilmayapman. Men gol urishim va ko‘proq o‘yin o‘tkazishim kerak. O‘z o‘yinimni yaxshilashni juda xohlayman va bu jamoa bilan va muxlislar oldida o‘ynab, buni uddalay olaman deb umid qilaman”, — deb “Manchester Evening News” Grealishning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.







