Sport

Zidanning oldida bir nechta variant bor

Murabbiy tez orada yangi jamoasida ish boshlashi mumkin.

Zidanning oldida bir nechta variant bor

 

Zinedin Zidan 2021 yilgi mavsum oralig‘ida “Real Madrid” bosh murabbiyligidan ketdi. Yozda fransiyalik murabbiyning faoliyatidagi tanaffus tugashiga ko‘pchilik ishonch bildirayotgan edi.

 

“RMC Sport” nashrining xabariga ko‘ra, Zidan faqat “PSJ”, “Bavariya”, “Yuventus” va “Real Madrid” jamoalarida ishlashga tayyor. Murabbiy Premyer-ligadagi variantlarni qatʼiyan rad etmoqda. Zinedin shu yozda “PSJ” bilan muzokara olib bordi, biroq so‘nggi lahzada kelishuv barbod bo‘ldi. Keyinchalik parijliklarga Kristof Galtiyer bosh murabbiy etib tayindi. “Real Madrid”da ham hozir hammasi joyida. O‘tgan yili Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan klub bu mavsumni ham ajoyib tarzda o‘tkazmoqda.

 

“Bavariya” va “Yuventus”da esa vaziyat boshqacha. Zidanning ro‘yxatidan joy olgan ikkala klub ham mavsum boshidan muammolarga duch kelmoqda. Shu sababdan, jamoalar bosh murabbiylar Julian Nagelsmann va Massimiliano Allegrini isteʼfoga chiqarish haqida o‘ylab ko‘rishlari mumkin.

 

“Bavariya” Chempionlar ligasining dastlabki ikki turida “Inter” va “Barselona”ni mag‘lub etdi. Bu bosh murabbiy Yulian Nagelsmanni ishdan bo‘shatmaslikka asosiy sabab bo‘lishi mumkin. Biroq, myunxenliklarning Bundesligada muvaffaqiyatsiz ishtirok etmoqda. Klub hozirda 12 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.

 

“Bavariya”da Germaniya chempionatidagi vaziyatni to‘g‘irlash uchun ko‘p vaqt bor. Shu bilan birga, jamoaning hujumkor o‘yini muxlislar va rahbariyatni xavotirga solmasa kerak. “Bavariya” hali ham to‘qqizlik hujumchi sotib olgani yo‘q. Myunxenlik futbolchilar uchun raqiblarning kuchli himoya chizig‘ini yorib o‘tish katta muammo bo‘lmoqda.

 

Nagelsmann yaqinda “Augsburg”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng tanqidlarga javob berishga majbur bo‘ldi. “Bugun hech qaysi futbolchini ajratib ko‘rsatmayman. So‘nggi salbiy tendensiya yaxshi emas. Ko‘p narsa o‘zgarishi kerak. Men yaxshilab o‘ylab ko‘raman, keyin ko‘ramiz. Jamoaga to‘qqizlik hujumchisi yetishmayaptimi? Ha yoki yo‘q desam nima o‘zgaradi? Yo‘q desam, odamlar u muammoni tan olishni istamaydi, deyishadi. Ha deb javob bersam, unga Levandovski yetishmaydi deyishadi”, — dedi Nagelsmann.

 

Nagelsmanning “Bavariya”sida 2020 yilda Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan jamoadagi muhit yetishmayapti. Oddiy qilib aytganda, klub o‘z yo‘lidagi barcha raqiblarni mag‘lub etishbga qurbi yetmay qolyapti.

 

“Sport1.de” xabariga ko‘ra, “Bavariya”dagi muhit tarangligicha qolmoqda. Shu bilan birga, Nagelsmann jamoani boshqarish uslubi uchun muntazam tanqidlar ostida qolmoqda.

 

“Bavariya”ning yuqori lavozimli amaldorlari Oliver Kan va Hasan Salihamidjich turli xil variantlarni, jumladan, Nagelsmann bilan xayrlashishni ham o‘ylab ko‘rishlari kerak. Bundan tashqari, bozorda uning o‘rnini bosuvchi Zidan variant ko‘rib chiqilishi mumkin.

 

“Bavariya” va Zidan bir necha sabablarga ko‘ra bir-biriga juda mos keladi. Birinchidan, Zinedin shakllanib bo‘lgan top jamoaga kelib qo‘shiladi. Zidan Nagelsmanga qaraganda ancha obro‘li, shuning uchun ish muhiti bilan bog‘liq muammo juda tez hal bo‘ladi. Ikkinchidan, “Bavariya”ga u kabi Chempionlar ligasi mutaxassisi kerak. Zidanning o‘zi ham bor eʼtiborini faqat yevrokuboklar turniriga qaratadi.

 

Bundesligadagi holatni Nagelsmann oxir-oqibat ijobiy tomonga o‘zgartirishi mumkin. Ammo “Bavariya” kabi klub katta turnirlar haqida o‘ylaydi. Klubga Zinedin keladigan bo‘lsa, “Bavariya”ning Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish imkoniyati ancha oshishi mumkin.

 

Zidan o‘zining futbolchilik faoliyatining besh yilini (1996-2001) ajoyib tarzda o‘tkazgan “Yuventus”ga ham o‘tish ehtimoli bor. “Yuventus” fransiyalik murabbiyning ro‘yxatidan joy olganining yagona sababi ham shu.

 

“Yuventus” Chempionlar ligasining dastlabki ikki o‘yinida mag‘lub bo‘ldi va A Ceriyaning 7 turidan so‘ng bor-yo‘g‘i 10 ochko to‘pladi. Muvaffaqiyatsizlikka bosh murabbiy Massimiliano Allegri aybdor deb aytilmoqda.

 

“Yuventus”ning tarkibi katta muammolarni hal qilish uchun yaroqsiz bo‘lib ko‘rinmoqda. Mamlakat chempionatidagi vaziyatni o‘nglashni iloji bor, biroq Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish imkoniyati pastdek ko‘rinadi.

 

Agar Allegri o‘rnini Zidan egallaydigan bo‘lsa, “Yuventus”da katta o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Fransiyalik murabbiy A Ceriyada jamoa mavqeini yaxshilashi mumkin. Agar klub rahbariyati Zidanga qishda transferlarni amalga oshirish imkoniyatini bermasa, jamoa Chempionlar ligasida yaxshi ishtirok etmasligi mumkin.

 

Zidan “L‘Équipe” nashriga iyun oyida bergan intervyusida Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lish istagi borligini maʼlum qilgan edi. Zinedin  bunga ham to‘laligicha aniqlik kiritmadi. Ammo u Qatardagi jahon chempionatidan keyin Dide Deshamning o‘rnini egallashiga umid qilayotgani aniq. Desham terma jamoani tark etish niyatini bildirmadi, Fransiya futbol federatsiyasi esa Zidanga hech qanday kafolat bermadi.

 

Shu sababdan yaqin orada Zidan ham yangi klubida yoki terma jamoada ish boshlashi mumkin.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Zidanning oldida bir nechta variant bor | Zamon.uz