“Atletiko” Diyego Simeoneni isteʼfoga chiqarmaydi
Murabbiyga mavsum oxiriga qadar imkoniyat beriladi.

Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone ispan klubidan ketmaydi. Bu haqda “AS” nashri xabar berdi.
Manbaning yozishicha, murabbiy rahbariyat oldida katta ishonchga ega. Hozirda uning isteʼfosi haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Biroq rahbariyat jamoaning joriy mavsumdagi natijalaridan afsusda.
Klub Simeonega holatni mavsum yakuniga qadar tuzatish uchun imkoniyat bermoqchi. “Atletiko” chempionat davomida murabbiyni almashtirishni rejalashtirmayapti.







