Sport

“Yuventus” muammolar ichida qoldi

Klub bosh murabbiyi ishdan ketishi mumkin.

“Yuventus” muammolar ichida qoldi

 

“Yuventus” mavsum boshida omadsizlikka uchradi. Italiya klubi so‘nggi 8 uchrashuvda faqat bitta g‘alabaga erishdi. A ceriyada Massimiliano Allegri shogirdlari 10 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda bormoqda. Chempionlar ligasida “PSJ” va “Benfika”ga mag‘lub bo‘ldi. Bu esa jamoaning pley-offga chiqish vazifasini ancha qiyinlashtiradi.

 

Bunday muammolar sabab bosh murabbiyning isteʼfosi haqida gap-so‘zlar tarqaldi. “Corriere della Sera” nashrining xabariga ko‘ra, “Yuventus” vitse-prezidenti Pavel Nedved klub prezidenti Andrea Anelli, sport direktori Federiko Cherubini va bosh direktor Mauritsio Arrivabene bilan bo‘lgan uchrashuvda allaqachon murabbiyni ishdan bo‘shatish masalasini ko‘targan.

 

Agnelli va Arrivabene Nedvedni qo‘llab-quvvatlamadi. Allegrining isteʼfosi soliqlardan tashqari “Yuventus”ga 21 million yevroga tushadi. Mutaxasislar mana shu jihatga asosiy eʼtiborni qaratishni so‘rashmoqda.

 

“Yuventus” juda ham kuchsiz o‘yin ko‘rsatib, natijaga erisha olmayapti. Futbolchilar va bosh murabbiy o‘rtasida aloqa uzilib qolgan. “Sky Sport Italia” nashrining taʼkidlashicha, bunday vaziyatda ham Allegrini ishdan bo‘shatish masalasi ko‘rib chiqilmaydi. Murabbiyning shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi, shu bois rahbariyat 20 million yevrodan ortiq tovon puli to‘lashni istamayapti.

 

“Yuventus”da maʼlum o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin, ammo ular Allegriga tegishli emas. “Football Italia” xabariga ko‘ra, gap jismoniy tayyorgarlikka masʼul murabbiylar haqida ketmoqda. Bir qator asosiy futbolchilar jarohat sabab mavsum boshini o‘tkazib yuborishadi. Bular Pol Pogba, Federiko Keza, Voytsex Shesni, Anxel Di Mariya va Adriyen Rabyolardir.

 

Aynan asosiy ijrochilarning yo‘qligi Allegri jamoasining muvaffaqiyatsizligiga sabab bo‘lmoqda. Shu bilan birga, murabbiy ishdan bo‘shatishlaridan qo‘rqmasligini va javobgarlikni o‘z zimmasiga olmoqchi emasligini taʼkidlagan.

 

Muxlislar va mutaxassislar “Yuventus” rahbariyatidan farqli ravishda Allegrini keskin tanqid qilmoqda.

 

Arrivabene va Allegrining xotirjamligi “Yuventus” muxlislari va futbol jamoatchiligiga yoqmayapti. Turin klubi muxlislari murabbiyning isteʼfosini talab qilmoqda. Chempionlar ligasining 2-turi doirasidagi “Benfika”ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng murabbiyning jamoadan ketishini istovchilar ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘plab norozichilik bildirdi.

 

A seriya doirasidagi “Monza”ga qarshi o‘yindan so‘ng, Allegri “Yuventus”ning kiyinish xonasiga yo‘l olayotganida uni politsiya kuzatib bordi. Muxlislarning g‘azabi haqiqatan ham kuchli edi. Ekspertlar jamoasi ham Massimilianoni ayamayapti. “Yuve”ning sobiq hujumchisi Fabritsio Ravanelli jamoani ruhsiz deb atadi.

 

Shunday bo‘lsada, Allegri jamoadagi muammolarni hal qila olmasligini aytmoqda. Agar, jamoa Chempionlar ligasida “Makkabi”ni ham mag‘lub eta olmasa, Annelli va Arrivabenening sabri tugashi mumkin va ular mavsumni saqlab qolish umidida murabbiyni ishdan bo‘shatishlari mumkin.

 

Hozirgi kunda bir nechta yaxshi murabbiylar ishsiz. Tomas Tuxel ulardan biri. Mish-mishlarga ko‘ra “Yuventus” u bilan bog‘lagan. Ammo, insayder Nikolo Shiraning xabar berishicha, sobiq “Chelsi” murabbiyi Turin klubi bilan hali aloqaga chiqmagan. Agar yaqin haftalarda Yulian Nagelsmann masalasi hal bo‘lsa, Tomas “Bavariya”ga bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkin. Klub oldida yana bitta variant bor. Bu “Real”ni uch bor Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirgan Zidan. Fransiyalik murabbiyning muammoli “Yuve”ni qabul qilishga tayyorligi haqida savollar bor, biroq tomonlar muzokaralar jarayoni orqali bir to‘xtamga kelishlari mumkin.

 

Ayni paytda bosh murabbiyni ishdan bo‘shatish kun tartibida emas. Agnelli va Arrivabene Allegri muammolarni hal qilishiga umid qilmoqda. Ehtimol, bir muncha vaqt “Yuventus” haqiqatan ham yaxshi tomonga o‘zgarar. Biroq, Allegri boshchiligidagi jamoaning muvaffaqiyatiga ishonish qiyin. Katta ehtimol bilan “PSJ” va “Benfika” chempionlar ligasi guruhida dastlabki ikki o‘rinni egallaydi. A seriyada chempionlik uchun kurash ham muammoli deb qaralmoqda.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Yuventus” muammolar ichida qoldi | Zamon.uz