Lionel Messi “PSJ” bilan shartnomasini uzaytirmaydi
Futbolchi jamoadan nima sababdan ketmoqchi ekani maʼlum emas.

“PSJ”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi parijliklar bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Bu haqda jurnalist Mikel Blaskes o‘zining twitter sahifasida maʼlum qildi.
Oldinroq, Messi nihoyat Fransiyada moslashib qolgani va yana futboldan zavqlanayotganini aytgandi. Shu bilan birga, “Barselona” argentinalik hujumchini jamoaga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Messi 2021 yildan buyon parijliklar safida to‘p suradi. U yerga “Barselona”dan ko‘chib o‘tgandi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan.







