Sport

“Barsa”ning besh nafar futbolchisi jarohat oldi

Ayni vaqtda FIFA kunlari davom etmoqda.

“Barsa”ning besh nafar futbolchisi jarohat oldi

 

“Barselona” futbolchilari birin-ketin jarohat olishmoqda. Xalqaro o‘yinlardagi “pauza” Xavi jamoasining zarariga ishladi. Jarohatlar tufayli klub birdaniga besh nafar futbolchini yo‘qotishi mumkin. Quyida har bir holatni batafsil bayon qilamiz.

 

Jyul Kunde, Fransiya

 

22 sentyabr kuni Fransiya Avstriya bilan to‘qnash keldi va “Barselona” himoyachisi o‘yin vaqtida jarohat oldi. Kunde uchrashuvni davom ettira olmadi. 23-daqiqada Dide Desham uning o‘rniga Uilyam Salibani tushirdi. Himoyachiga Axilles tendonida muammo tashxisi qo‘yilgan, shu sababli u 3-4 haftani o‘tkazib yuboradi. “AS” nashrining xabariga ko‘ra, Kunde Xavi bilan gaplashgan va unga tezroq maydonga qaytish uchun hamma narsani qilish niyati haqida aytgan. Himoyachi “Real”ga qarshi o‘yin uchun o‘ziga joy qoldirishni so‘ragan. Fransiyalik futbolchi joriy mavsumda “Barselona” safida beshta o‘yinda maydonga tushdi va “Sevilya”ga qarshi o‘yinda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Ronald Arauxo, Urugvay

 

Ronald Arauxo Eron bilan o‘yinda jarohat oldi va to‘rtinchi daqiqadayoq almashtirildi. Tekshiruvda himoyachining o‘ng sonida sinish aniqlangan. Futbolchini Finlyandiyada operatsiya kutmoqda. Arauxoga qanday munosabatda bo‘lishidan qatʼi nazar, u olti-sakkiz haftani o‘tkazib yuboradi. Ispan OAV manbalarining xabar berishicha, bu qarorda jahon chempionati omili hal qiluvchi omil bo‘lmagan. Arauxoni tanlash “Barselona” shifokorlarining fikriga bog‘liq edi. U klub shifokorlarining maslahatiga eʼtibor bermay, operasiyadan bosh tortgan Samuel Umtiti va Ansu Fati yo‘lidan borishni istamadi.

“Diario Sport” nashri bergan xabarga ko‘ra, Urugvay terma jamoasi vakillari Arauxoga bosim o‘tkazib, jahon chempionatida qatnashish uchun uni operatsiyadan voz kechishga undashgan. Urugvayliklar avgust oyidan beri jarohat olgan Diyego Godinning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli “Barsa” himoyachisiga umid qilmoqda. Shuningdek, “Barselona”| FIFAdan Arauxoning Urugvay terma jamoasi bilan o‘yinda olgan jarohati uchun tovon puli oladi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar bermoqda.

 

Memfis Depay, Niderlandiya

 

Hujumchi Millatlar ligasida Polsha bilan o‘yinda jarohat olgandi. 52-daqiqada hujumchi o‘rniga Vensan Yanssen maydonga tushdi. Depay jarohat tufayli qancha o‘yinni o‘tkazib yuborishi hozircha aniq emas, lekin Kundedan farqli o‘laroq, u katta ehtimol bilan “Real”ga qarshi bahsda maydonga tushadi.

 

Frenkiye de Jong, Niderlandiya

 

Yarim himoyachi Polsha bilan to‘liq o‘yin o‘tkazmadi. De Yong birinchi bo‘lim bilan chegaralanib, Gollandiya terma jamoasi joylashgan joyni tark etdi va Belgiya bilan bahsda o‘ynamadi. Norasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, gollandiyalikning mushaklari bilan bog‘liq muammolar bor, shu sababli u 10 kundan ko‘proq vaqtni o‘tkazib yuboradi.

 

Usmon Dembele, Fransiya

 

Fransuz futbolchisi Avstriya bilan o‘yinda 11 daqiqa harakat qildi, ammo Daniya bilan o‘yinda zaxirada qoldi. Bir kun avval, “L‘Equipe” nashri xabariga ko‘ra, Dembele oyog‘idan jarohat olib, jamoa yig‘inini o‘tkazib yuborgan. OAV xabarlariga qaraganda, hujumchi keyingi o‘yinda maydonga tushadi. Lekin, hammasi klubdagi tekshiruvdan so‘ng maʼlum bo‘ladi.

 

“Barselona”da terma jamoalarga chaqirilgan 20 nafar futbolchi bor va ulardan 13 nafari klubga qaytishdan oldin yana bitta o‘yin o‘tkazadi. Ular orasida Robert Levandovski ham bor, u Uels bilan o‘yinning 90 daqiqasini maydonda o‘tkazgan bo‘lsada, bu vaqt davomida oyoqlarida og‘riq his qilgan. Demak, jarohatlanganlar ro‘yxati ortishi mumkin va Xavi allaqachon bu borada bosh qotirishni boshlagan.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Barsa”ning besh nafar futbolchisi jarohat oldi | Zamon.uz