Sport

“Real” Mbappe o‘rniga yangi futbolchi topdi

U ayni vaqtda Germaniya chempionatida to‘p surmoqda.

“Real” Mbappe o‘rniga yangi futbolchi topdi

 

Madridning “Real” klubi jahon futbolining asosiy yosh yulduzi Kilian Mbappening transferidan hech narsa umid qilgani yo‘q. Jamoa Karlo Anchelotti boshchiligida ajoyib o‘yin ko‘rsatishda davom etmoqda. Klub mavsum boshidan buyon to‘qqizta o‘yinda to‘qqizta g‘alaba qozondi. Go‘yo “qaymoqranglilar”ga g‘alaba qozonish uchun hujumchi kerak emas. Karim Benzema jarohat olgan, ammo natija yomon emas. “El Debate” nashrining xabariga ko‘ra, madridliklar kelajakda “PSJ” hujumchisi nomzodiga qaytmoqchi emas.

 

Manbaning xabariga ko‘ra, Madrid klubi fransiyalik futbolchi Parijdagi rekord maosh sabab muzokaralarga kirishishni xohlamagan deb hisoblamoqda. “Real Madrid”ning ko‘plab muxlislari esa Kilianning sotib olinishini istamayapti. Shu bois Ispaniya chempionlari transfer bozorida boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqishmoqda.

 

Kutilmaganda, “Real Madrid”ning yangi maqsadlaridan biri hujumchi Yusuf Mukoko bo‘lmoqda. Ispaniyada xabar qilinganidek, kamerunlik 17 yoshli o‘yinchi yozda tekinga Madridga o‘tishi mumkin. Shu bilan birga, “qaymoqranglilar” Mukoko uchun boshqa top-klublar “Bavariya”, “Manchester Yunayted” va “PSJ” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

 

Mukoko haqida besh yildan beri gapirilmoqda. 12 yoshida u “Borussiya U-17” safida birinchi golini urdi. 14 yoshida esa Yoshlar Chempionlar ligasining eng yosh to‘purariga aylandi va 10 million yevroga reklama shartnomasini imzoladi.

 

Tabiiyki, o‘shanda “Borussiya”da uning yoshi katta bo‘lishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar bo‘lgan. Ammo Mukokoning otasi Jozefning aytishicha, Germaniya futbol ittifoqi tekshiruvidan so‘ng bu boradagi barcha shubhalar yo‘qolganini tasdiqlagan.

 

Yusuf katta jamoalarda o‘ynadi, va bir qancha rekordlarni ham yangiladi. “Borussiya U-17” tarkibida u 56 o‘yinda 90 ta gol urgan, U-19 uchun esa 25 o‘yinda 47 ta gol muallifiga aylangan. Hatto, Mbappe va Holand ham yoshligida bu kabi natijalarni qayd eta olmagan.

 

Professional futbolda debyut qilish mumkin bo‘lgan yoshga etgan Mukoko o‘zi uchun rekordlarni qayta yozishni davom ettirdi. 16 yoshida u Chempionlar ligasi tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi. Bu Sankt-Peterburgda “Zenit” bilan o‘yinda sodir bo‘lgandi. Yusuf 58-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Yakunda “Borussiya” g‘alaba qozondi. Bundan tashqari, hujumchi Germaniya chempionatida debyut qilgan eng yosh futbolchiga aylandi (16 yosh-u 1 kun) va Bundesliga klubining asosiy tarkibiga qo‘shildi (16 yosh-u 25 kun).

 

2020-yil dekabr oyida Mukoko Bundesligada gol urgan eng yosh futbolchi bo‘lganida ham ko‘pchilikning olqishiga sazovor bo‘ldi. Bu “Union” bilan safar o‘yinida sodir bo‘ldi.

 

Kattalar futbolidagi kareraning boshlanishi yaxshi bo‘ldi, ammo o‘shandan beri Mukoko Germaniyada kutilganidek tez rivojlanmadi. Shu kungacha u “Borussiya Dortmund” tarkibida 46 ta o‘yinda maydonga tushgan va bor-yo‘g‘i 7 marta gol urgan.

 

Mukokoning o‘zi 17 yoshida “Borussiya” bazasida ko‘proq o‘ynashiga umid qilgandi. So‘nggi ikki yil ichida Yusuf ligamentlar va mushaklardagi jarohatlar tufayli 191 kunni o‘tkazib yubordi.

 

Agar endi Mbappening “Real”ga o‘tmasligi hal etilgan bo‘lsa, Mukoko bilan madridliklar tezda muzokaraga kirishishi tabiiy. “Qaymoqranglilar” yana bir superyulduz xarid qiladi.

 

“Real” Mbappe o‘rniga yangi futbolchi topdi | Zamon.uz