Sport

Messi kutilmaganda yana bir janjalga aralashib qoldi

U shaxsiy samolyotidagi parvozlar soni bo‘yicha tanqidga uchramoqda.

Messi kutilmaganda yana bir janjalga aralashib qoldi

 

Messining shaxsiy samolyotida amalga oshirilgan parvozlar soni uchun Lavion de Bernard tomonidan tanqidga uchradi. U sayyoraga taʼsirini aniqlash uchun mashhur shaxslarning shaxsiy samolyotlarining parvozlari sonini hisoblab chiqadi.

 

Kompaniya maʼlumotlariga ko‘ra, Messining samolyoti 1-iyundan 31-avgustgacha 52 ta parvozni amalga oshirgan. Yozning uch oyi davomida parvozlarning umumiy miqdori 368 soatni tashkil etdi. Bu vaqt ichida Leoning samolyoti atmosferaga 1502 tonna karbonat angidrid gazini chiqargan. Tashkilot bu raqam o‘rtacha 150 yil ichida havoga yetkazilgan zararga teng ekanligi aytmoqda.

 

So‘nggi oylarda Messi o‘zining tug‘ilgan shahri Rosarioga uchib keldi, Barselona, San-Paulu, Tenerife, Valensiya va Mayamiga tashrif buyurdi. Qizig‘i shundaki, 2021-yil fevral oyida Leo samolyotni Argentina prezidenti Alberto Fernandesga ijaraga bergan. U Meksikaga rasmiy safar qilgan, Messi esa 160 ming dollarga boyigan. 2022-yil avgust oyi boshida esa Luis Suares “PSJ” futbolchisining samolyotidan foydalangan. Messining “Barselona”dagi sobiq jamoadoshi “Nacional” bilan shartnoma imzolash uchun Montevideoga uchib ketgan.

 

Messi samolyotni 2018-yilda sotib olgan va hozirda uning narxi 15 million dollarga baholanmoqda. Samolyot oshxona va ikkita hammom bilan jihozlangan. Samolyotda 16 o‘rindiq mavjud. Samolyot dumida 10 raqamini ko‘rish mumkin.

 

Bu futbolchi “Barselona”da o‘ynagan raqam. Zinapoyalarga Messi, rafiqasi va uch farzandining ismlari yozilgan.

 

Bu so‘nggi bir oy ichida Messining atrofida bo‘layotgan birinchi janjalli holat emas. Bir necha hafta oldin argentinalikning Ibizadagi ko‘chmas mulk bilan bog‘liq muammolari borligi maʼlum bo‘ldi. “Marca” nashrining yozishicha, Leo 16 000 m² uyni 11 million yevroga sotib olgan. Keyinroq maʼlum bo‘lishicha, avvalgi egalari zarur litsenziyasiz uyni kengaytirgan. Ular ruxsatnomasiz ikkita yangi bino qurishgan.

 

Aytgancha, sentyabr oyida “PSJ” futbolchilarining harakatlari haqida to‘satdan bahs boshlangandi. Ular “Nant” bilan chempionat o‘yiniga shaxsiy samolyotda borishdi. Shundan so‘ng milliy temir yo‘l kompaniyasi bo‘linmasi direktori hamkorlik borasidagi savol bilan Parij klubiga murojaat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, poytaxtdan Nantga poezdda ikki soatdan kamroq vaqt ketadi va bunday hollarda siz xususiy samolyotlar yordamiga murojaat qila olmaysiz.

 

“Yuventus” bilan Chempionlar ligasi o‘yini (2:1) oldidan “PSJ” bosh murabbiyi Kristof Galtier va parijliklar hujumchisi Kilian Mbappe jurnalistlar bilan suhbatlashish uchun kelishdi. OAV aʼzosi ulardan Nantga shaxsiy samolyotdan foydalanishning oqilonaligi haqida so‘radi. Mbappe kulib yubordi va Galtier esa shunday dedi:

 

“Bu haqda so‘rashingizni bilardim. Ertalab biz sayohatlarimizni tashkil qiluvchi kompaniya bilan gaplashdik. Endi biz boshqa texnikada o‘yinlarga borishni rejalashtiryapmiz”.

 

“PSJ” bosh murabbiyining istehzoli javobi Fransiya rasmiylarining keskin munosabatiga sabab bo‘ldi. Fransiya sport vaziri Ameli Udea-Kastera twitterda shunday yozdi:

 

“Hurmatli Galtier, biz sizdan vaziyatga mos va masʼuliyatli javob kutib qolamiz”.

 

Parij meri Ann Idalgo ham murabbiy va yulduz futbolchining xatti-harakatidan norozi bo‘ldi:

 

“Bunday narsalarga shunday javob berish normalmi? Uyg‘oning yigitlar! Bu Parij”.

 

Keyinchalik Galtier noo‘rin hazil uchun uzr so‘radi. Shundan ham ko‘rish mumkinki, Messi yaqin oylar ichida doim muammolar holatlarga tushib kelmoqda.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Messi kutilmaganda yana bir janjalga aralashib qoldi | Zamon.uz