“Real” ilk bor ochko yo‘qotdi
“Barselona” esa madridliklarga yetib oldi.

Madridning “Real” klubi La Liganing 7-turida bir qator yetakchi futbolchilarsiz o‘ynab, g‘alabani qo‘ldan boy berdi. Jarohatlari tufayli Modrich va Kurtua maydonga tushmadi. Ilk daqiqalardan Valverde ham maydonni tark etdi. Asosiy darvozabon bilan bog‘liq muammolar bir vaqtning o‘zida bir nechta muammolarga olib keldi. Birinchidan, ukrainalik Andrey Lunin joriy mavsumda debyut qildi.
“Real” birinchi bo‘lim oxirida hisobni ochdi. Vinitsius qanotdan jarima maydonchasiga to‘pni uzatdi, Benzema va Ryudiger ofsaydda edi. To‘p hech kimga tegmadi va uzoq burchakka borib tushdi. Ko‘rinishidan, “Osasuna” darvozaboni Errera Ryudigerni qo‘riqlash uchun darvoza markazida qolishga majbur bo‘ldi va to‘pga qarab harakatlanmadi. Shu sababli darvozabon uzoq masofadan tepilgan to‘pni osonlik bilan o‘tkazib yubordi.
Ikkinchi bo‘lim boshida “Osasuna” eʼtiborini hujumga qaratdi. Vaziyatlarning birida jamoa futbolchisi Kike boshning orqa qismi bilan darvoza tomon zarba yo‘lladi va “Real” darvozasini ishg‘ol qildi. Afsuski, Lunin bu holatda jamoasi joniga oro kirmadi.
“Real Madrid” o‘yin davomida g‘alaba qozonishga yaqin keldi. Shu tariqa “Real” mavsumda birinchi marta g‘alaba qozona olmadi. Ushbu o‘yingacha madridliklar mamlakat chempionatida olti bor va Chempionlar ligasida ikkita g‘alabani qo‘lga kiritgan edi. “Barselona” esa ochkolar bo‘yicha “Real”ga yetib oldi. Ikki haftadan so‘ng Ispaniyaning ikki asosiy jamoasi o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.







