Sport

Neymarning otasi futbol o‘yinidan keyingi ziyofatda jarohot oldi

U qovurg‘asini sindirib oldi.

Neymarning otasi futbol o‘yinidan keyingi ziyofatda jarohot oldi

 

Neymarning otasi Braziliya terma jamoasining Tunis terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini (5:1)dagi g‘alabasi sharafiga uyushtirgan ziyofat vaqtida jarohat oldi. Bu haqda “Sport.es Metropoles” nashri xabar bermoqda.

 

Manbaga ko‘ra, futbolchining otasi qo‘lida ichimlik ushlagan holda zinadan yiqilib tushgan, natijada qovurg‘alari singan va qo‘li kesilgan. Keyinroq uni davolash uchun shifoxonaga olib ketishgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani maʼlum qilingan.

 

Eslatib o‘tamiz, Neymar Tunis bilan o‘yinda Braziliya terma jamoasi safidagi 75-golini kiritib, Pelening rekordiga yaqinlashdi. Braziliya terma jamoasi bo‘lajak JCH-2022ga tayyorgarlikni Tunisga qarshi o‘yin bilan yakunladi.

 

Neymarning otasi futbol o‘yinidan keyingi ziyofatda jarohot oldi | Zamon.uz