Sport

Kurtua “Shaxtyor”ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi

U jarohatidan hali qutilmagan.

Kurtua “Shaxtyor”ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi

 

Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan “Shaxtyor” bilan uy uchrashuvida ishtirok etmaydi. Bu haqda Madrid klubining rasmiy sayti xabar qildi.

 

“Real Madrid” tomonidan eʼlon qilingan o‘yin uchun arizada uchta darvozabon bor - Andrey Lunin, Luis Lopes va Lukas Kanizares.

 

Avvalroq Kurtua belidagi muammo tufayli nomalum muddatga safdan chiqqani xabar qilingandi. 2-oktyabr, yakshanba kuni u Ispaniya chempionatining 7-turidan o‘rin olgan “Osasuna” bilan o‘yinda ishtirok etmadi. “Real” darvozasini ukrainalik Andrey Lunin himoya qildi. Madridliklar ochko yo‘qotdi. O‘yin esa 1:1 hisobida yakunlandi.

 

Kurtua joriy mavsumda “Real” safida barcha turnirlarda 9 ta o‘yinda maydonga tushdi. “Ayntraxt Frankfurt” bilan UEFA Superkubogida, shuningdek, Chempionlar Ligasining ikkita o‘yinida – “Seltik” va “RB Leypsig” bilan bahsda u o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Kurtua “Shaxtyor”ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi | Zamon.uz