Verratti: “Messi tarixdagi eng zo‘r futbolchi”
Marko “Benfika” bilan qayt etilgan natija haqida gapirdi.

“PSJ” yarim himoyachisi Marko Verratti YECHL 3-turidan o‘rin olgan “Benfika”ga (1:1) qarshi o‘yindagi durang haqida fikr bildirdi, shuningdek, hujumchi Lionel Messining o‘yiniga baho berdi.
“Biz har doim g‘alaba qozonish uchun o‘ynaymiz, ammo “Benfika” yaxshi o‘yinchilarga ega jamoa. Dastlabki 15 daqiqada biroz ter to‘kdik, bu Chempionlar ligasida normal holat. Ikkinchi bo‘limda bizda juda yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi, ammo gol ura olmadik. Endi biz keyingi haftada uch ochko olish uchun maydonga tushamiz. Messi aql bovar qilmaydigan o‘yin ko‘rsatadi. Uning mahoratiga hech qachon ko‘nikib bo‘lmaydi. Men uchun u timsol va tarixdagi eng zo‘r futbolchi”, — deya futbolchining so‘zlaridan UEFA matbuot xizmati iqtibos keltirdi.







