Yevropaning barcha “yangi Messi”lari
Ular orasida kimlarni taniysiz?

Dunyoning nomdor jurnalistlari iqtidorli futbolchilarni Lionel Messi bilan solishtirishni yaxshi ko‘radilar. Argentinalik futbolchiga o‘xshash va uning kelajakdagi o‘rnini egallovchi o‘yinchilar shunchalik ko‘pki, agar siz ularni butun dunyo bo‘ylab to‘plasangiz, 30 dan ortiq nomlar paydo bo‘ladi. Ko‘p yillar davomida Leoning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan futbolchilar deb taxmin qilinganlar yakunda Messining darajasiga yaqinlasha olishmadi. Quyida Yevropa qitʼasida bo‘lajak Messi deya taʼrif berilgan o‘yinchilar haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
Belgiyalik Messi — Eden Azar
Azar “Lill” klubida dastlab ko‘pchilikning eʼtiboriga tusha boshlagan paytda bo‘yi kichik, ammo chaqqon, tez va vaziyatni to‘g‘ri baholab, hal eta oladigan futbolchi deya qaralgandi. 2011 yilda “BR” nashri futbolchi haqida yozgan va uni Messi bilan taqqoslagandi: “To‘p tom maʼnoda uning oyog‘iga yopishib qoladi. Ha, shunday. Azar hujumkor yarim himoyachi sifatida o‘ynaydi va to‘pni oyog‘ida ushlab, maydonda bemalol yura oladi. Uning to‘pga har bir teginishi hujumni boshlab beradi”.
Nashrning jurnalistlaridan biri “Agar katta klubda ishlaganimda, men bu futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun bor pulimni sarflagan bo‘lardim” — deya taʼkidladi. Bir yil o‘tgach, Azar “Chelsi” bilan shartnoma imzoladi. Bu transfer jahon futbolining yangi yulduzi uchun tramplin vazifasini bajardi. U o‘z o‘yini bilan futbolchilarni ham, murabbiylarni ham hayratda qoldirdi. Shuning uchun uning kelajagi buyuk deya bashorat qilingandi. Bir kun kelib belgiyalik o‘yinchi futbol cho‘qqisiga ko‘tarilishi kerak edi.
Futbolchining o‘zi esa argentinalik o‘yinchiga solishtirishlarni kamtarlik bilan inkor etdi: “Men o‘zimni Messidek buyuk futbolchi bilan solishtirmagan bo‘lardim. Muxlislar shunchaki o‘yinimdan mazza qilishlarini xohlayman”.
Oradan to‘rt yil o‘tdi va shu vaqt ichida Azar Rossiyadagi jahon chempionati va “Real” tarkibida katta muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Madrid klubi Azar uchun 115 million yevro to‘lagandi. Ammo jarohatlar tufayli u ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. Umuman olganda, Azar 480 kun davolandi, yaʼni Ispaniyadagi faoliyatida bir yarim yilni davolanish bilan o‘tkazib yubordi. Uning transfermarkt portalidagi narxi 12 million yevroga tushib ketdi. Hamda hozirda uni hech kim Messi bilan solishtirmay qo‘ydi.
Fransiyalik Messi — Atem Ben Arfa
Aytishlaricha, Atem ham Fransiyaning iqtidorlari va umidli futbolchilaridan biri. U “Lion” klubining bolalar jamoasining asosiy futbolchilaridan biri edi. Uning chap qanotdagi o‘yini ko‘pchilikning eʼtiboriga tushdi. Ammo Atem 21 yoshga to‘lganida klub bilan pul masalasida janjallashib qolgan. Shundan so‘ng u klubni tark etgan.
Shundan so‘ng Atem “Marsel”ga ko‘chib o‘tdi, ammo u yerda muvaffaqiyatga ega erisha olmaydi.
Bu safar murabbiy bilan mojaro kelib chiqadi va u uni qo‘yib yuborishini so‘raydi. “Nyukasl” o‘tganidan so‘ng Atem ajoyib o‘yinlar ko‘rsatib gollar ura boshlaydi. Shundan keyin uni Messi bilan solishtirishni boshlashadi. Biroq, bu ertak uzoqqa cho‘zilmadi. Yarim himoyachi bahslar davomida oyog‘ini sindirib oladi, shuning uchun u olti oyga safdan chiqadi. Keyinchalik u “Xall Siti”ga o‘tdi va u yerda Atem hech narsaga erisha olmadi. Jamoadoshlari esa uni dangasa va noshukur deya taʼrif berishdi. So‘ng, “PSJ” safiga qo‘shilgan futbolchi bu yerda ham o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yolmadi.
Ispaniyalik Messi — Boyan Krkich
Mor Daniyada turkiyalik muhojir oilada tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyati ham shu yerda boshlangan. U turli yoshdagi yoshlar terma jamoalarida 22 ta o‘yin o‘tkazadi. Biroq yakunda Turkiya terma jamoasida o‘ynashga qaror qiladi. Bu ko‘pchilikni xafa qiladi. Mor driblingi kuchli, oldindan aytib bo‘lmaydigan va to‘satdan qaror qabul qila oladigan iqtidorli futbolchi hisoblanardi. Shundan so‘ng jurnalistlar uni Messi bilan solishtirishni boshladi. Argentinalik futbolchi uning bolalikdagi kumiri bo‘lsa ham, Mor bundan mamnun emas edi.
Keyinchalik isteʼdodli futbolchini “Borussiya Dortmund” 10 million yevroga sotib oladi. Bu yerda Morning faoliyatida katta o‘sish kutilgandi. Ammo bolaligini deyarli qashshoqlikda o‘tkazgan 18 yoshli yigitning pullardan boshi aylanib qoladi. U bugungi kunda “Fenerbaxche”da o‘ynab kelmoqda.
Krkich yoshlar darajasida ajralib chiqdi. U “Barselona” safidagi debyutini o‘tkazgunga qadar yoshlar tarkibida 800 dan ortiq gol urishga erishgandi. Rahbariyat esa yosh hujumchidan ko‘p narsani umid qilayotgan edi.
Mana shu iqtidori uchun u ispaniyalik Messi laqabini oldi va “Barsa” unga professional shartnoma taklif qildi. 17 yoshu 19 kunligida u kattalar futbolida debyut o‘yinini o‘tkazdi. Ispaniyalik futbolchi Messiga tegishli bo‘lgan rekordni yangilab, “Barselona” tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi. Keyin esa u “Roma”ga borib qo‘shiladi. Jarohatlar esa futbolchining o‘ziga bo‘lgan ishonchiga salbiy taʼsir qiladi. Italiyada Boyan iliq taassurot qoldira olmadi. “Ayaks”da ham faoliyatini yo‘lga qo‘ya olmadi. Hozir kunda Krkich Yaponiyada Iniyesta bilan bir jamoa o‘ynamoqda.
Germaniyalik Messi — Marko Marin
Jurnalistlar Marin haqida u 18 yoshligida ommaviy tarzda yozishgan. U Myonxengladbaxning “Borussiya” jamoasida debyut qilgan va mavsumni ajoyib o‘tkazgan. Yoaxim Lyov uni Yevro-2008 uchun kengaytirilgan tarkibga kiritgan. Futbolchi yakuniy ro‘yxatga kira olmagan bo‘lsada, uni baribir nemis Messisi deb atashgan. Taqqoslashlar umuman oqlandi: Markoda yaxshi dribling, kreativlik va chaqqonlik bor edi, shuning uchun Marin nemis isteʼdodlarining istiqbolli yangi avlodi deb eʼtirof etildi. Ammo uning faoliyati eng yaxshi ssenariy bo‘yicha davom etmadi. “Borussiya”dan keyin u “Verder” klubiga o‘tdi. “Chelsi”da esa murabbiy almashgani sababli o‘yin amaliyoti kam bo‘ldi. Va keyin jarohatlar o‘z taʼsirini ko‘rsatdi. Keyinchalik Ispaniya, Italiya, Belgiya, Turkiyada faoliyatini davom ettirdi. Uning karyerasi shu bilan tugamadi. Lekin darajasi yuqoriga ko‘tarilmadi. Yarim himoyachi “Chelsi”ni tark etib, mavsumni Saudiya Arabistonida o‘tkazdi. Hozir Marko 33 yoshda, u yangi Messiga aylanmadi.
Xorvatiyalik Messi — Alen Halilovich
Halilovichning iqtidori o‘smirlik chog‘ida Zagrebning “Dinamo” klubi akademiyasida ko‘zga tashlandi. Alen yoshlar futbolining bir necha bosqichlaridan so‘ng, asosiy jamoadagi debyutini o‘tkazdi. Chempionlar ligasida gol urdi va ikki marta “Xorvatiya futboli tarixidagi eng yosh” futbolchi bo‘ldi. U Premyer-ligada to‘p surdi va Yevropa musobaqalarida gol urdi. 17 yoshida Halilovich Portugaliya bilan o‘yinga Xorvatiya terma jamoasi safida jo‘nab ketdi. Bu unga ko‘proq eʼtibor qaratish imkonini berdi.
“Men klubning o‘sha paytdagi futbol direktori Zoran Mamich va bir qancha xorijlik hamkasblarim bilan gaplashdim”, — deydi jurnalist Aleksandr Xoliga. Undan Halilovich haqida so‘radim: “U qanaqa futbolchi? U keyingi Luka Modrichmi?”. Mamich shunday javob berdi: “Men bu haqda gapirmaslikni xohlayman, lekin u qaysidir maʼnoda yangi Messi”.
Xorvatlar aynan shunday bosim Halilovichning faoliyatini buzilishiga sabab bo‘ldi deb hisoblashadi.
Shveysariyalik Messi — Sherdan Shaqiri
Ko‘pchilik uni Messi Alp deb atashdi. Uning tezkorligi, kurashuvchanligi, uzoq masofadan zarba berish va tasavvur qilish qobiliyati juda yaxshi edi.
“Ronaldu o‘z ustida juda ko‘p ishlagan. Messida esa tug‘ma isteʼdod bor. Bu Shaqiriga ham tegishli. U qattiq masʼuliyat bilan ishlashi kerak. Shaqiri “Liverpul”da shunchaki o‘yinchi emas, balki eng yaxshi futbolchiga aylanishi mumkin”, — degandi bir necha yil oldin “Bazel”ning sobiq bosh murabbiyi Torsten Fink.
Lekin bu ish bermadi. Shaqiri uch yil ichida 40 tadan sal ko‘proq o‘yin o‘tkazdi. Shundan so‘ng “Lion”ga yo‘l oldi va u yerdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri MLSga o‘tib ketdi.
Shvetsiyalik Messi — Runi Barji
Asli suriyalik bo‘lgan Barji 7 yoshida Quvaytdan Shvetsiyaga kelgan. Messi uning kumiri bo‘lgan. “Men Messining videolarini ko‘p marta ko‘rganman. Hujumkor o‘yinchiman va u kabi o‘ynashga harakat qilganman. Men yoshligimdan Shvetsiyaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishni maqsad qilib kelaman va bundan keyin ham shunday bo‘lishiga umid qilaman”.
Hozir Barji “Kopengagen”da o‘ynaydi va Shvetsiya yoshlar terma jamoasi aʼzosi. Bosh murabbiy Yens Gustafssonning aytishicha, futbolchi o‘z yoshiga nisbatan nihoyatda yetuk o‘yin ko‘rsatadi. Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, Barji dribling, hujumni tugatish va kombinatsiyada juda yaxshi harakat qiladi. Yosh futbolchini allaqachon o‘z kumiri bilan solishtirishmoqda. Ayni vaqtda unga “Chelsi”, “Feyenoord”, “Bavariya”, “Ayaks” va “Barselona” jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Polshalik Messi — Mateush Musyalovski
2016 yilda Polsha futbol federatsiyasi prezidenti Zbignev Boniyek «Mateush Mutsialovski — bu ismni yoddan chiqarmang», deb yozgan edi. Polshaning yosh iqtidori haqida bir muncha vaqt o‘tgach u 2020 yilda “Liverpul” akademiyasiga qo‘shilganida ko‘pchilik maʼlumotga ega bo‘ldi.
Klopp tezda futbolchiga eʼtibor qaratdi. Mutsialovskiy nafaqat serqirraligi, balki 18 uchrashuvda 133 ta gol urgani, driblingi va ikki-uch nafar futbolchini yakkama-yakka mag‘lub etishi bilan ham eʼtirorga loyiq ko‘rildi. Bir yil muqaddam polshalik Messi o‘zining ilk professional shartnomasini imzoladi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, uni uzoq va yorqin yo‘l kutmoqda. Albatta, agar u o‘z isteʼdodini barbod qilmasa.
Chexiyalik Messi — Vatslav Pilarz
Pilarzni Chexiya OAVlari yangi Messi deb atashgan. Futbolchining o‘zi ham bir necha bor argentinalik futbolchi uning kumiri ekanligini taʼkidlagan. Chexiyalik Messining faoliyati g‘alati bo‘lib chiqdi. U dastlab o‘z vatanida to‘p surdi. Hamda atigi ikki yil Germaniyada o‘ynadi. Shu bilan uning Yevropadagi sayohatlari yakunlandi.
Avstriyalik Messi — Yusuf Demir
Demir Germaniyadagi yoshlar o‘rtasidagi xalqaro turnirda o‘n besh yoshligida maydonga tushadi. Shundan keyin top-klublar uni sotib olishga harakat qilishdi. “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Borussiya Dortmund”, “Bavariya”, “Bayer” va “Roma” shular sirasiga kiradi. U birinchi “Rapid” klubi bilan professional shartnoma imzoladi va olti oydan keyin debyut qildi. Klub sport direktori Zoran Barishich futbolchi haqida shunday degandi: “Demir - favqulodda isteʼdod egasi”.
Yusuf keyinchalik “Barselona”ga bir yilga ijaraga o‘tdi va yana jamoaga qaytib keldi. Shu yozda esa futbolchi “Galatasaroy” klubi aʼzosiga aylandi.
Norvegiyalik Messi — Martin Odegard
Qizil sochli yigit 15 yoshida Messi taxallusi bilan “Real Madrid”ga keladi. Unga ko‘pchilik katta ishonch bildirishgandi. Ammo ishonchsiz o‘yinlardan so‘ng Odegard ijaraga berib yuboriladi. Keyinchalik Odegard Premyer-ligada o‘ynash uchun “Real Madrid”ni tark etishni xohladi. Shuning uchun u “Arsenal”ga kelib qo‘shiladi.
Shotlandiyalik Messi — Rayan Gold
Goldni Shotlandiyada Messi bilan solishtirishni boshlashdi. Mahalliy liga darajasida u dribling va tezligi bilan ajralib turardi. “Sporting”ga o‘tayotganida, futbolchi Portugaliyada uni Messiga o‘xshatmasligini xohladi. Portugaliyada esa kichik Messini ko‘rishga ishtiyoqmandlar juda ko‘p edi. Biroq, Gold bunday taqqoslashlar uning karerasiga katta taʼsir ko‘rsatganini tan oldi. Bu bosimlar o‘z taʼsirini ko‘rsatdi. Hozirda 26 yoshli futbolchi MLS klubida to‘p surmoqda.
Irlandiyalik Messi — Uesli Hulaxan
Hulaxan hech qachon top-klubda o‘ynamagan. Lekin ko‘pchilik uni Messi bilan taqqoslagan. Irlandiya terma jamoasining Yevro-2016da Shvetsiya bilan o‘yinidan so‘ng, nemis jurnalisti futbolchining o‘yiniga qoyil qoladi va o‘z reportajida Ueslini argentinalik futbolchiga o‘xshatadi.
Turkiyalik Messi — Emre Mor
Mor Daniyada turkiyalik muhojir oilada tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyati ham shu yerda boshlangan. U turli yoshdagi yoshlar terma jamoalarida 22 ta o‘yin o‘tkazadi. Biroq yakunda Turkiya terma jamoasida o‘ynashga qaror qiladi. Bu ko‘pchilikni xafa qiladi. Mor driblingi kuchli, oldindan aytib bo‘lmaydigan va to‘satdan qaror qabul qila oladigan iqtidorli futbolchi hisoblanardi. Shundan so‘ng jurnalistlar uni Messi bilan solishtirishni boshladi. Argentinalik futbolchi uning bolalikdagi kumiri bo‘lsa ham, Mor bundan mamnun emas edi.
Keyinchalik isteʼdodli futbolchini “Borussiya Dortmund” 10 million yevroga sotib oladi. Bu yerda Morning faoliyatida katta o‘sish kutilgandi. Ammo bolaligini deyarli qashshoqlikda o‘tkazgan 18 yoshli yigitning pullardan boshi aylanib qoladi. U bugungi kunda “Fenerbaxche”da o‘ynab kelmoqda.







