Sport

Zlatan faoliyatini kino sohasida davom ettirishi mumkin

U ayni vaqtda jarohati sabab o‘yinlarda qatnasholmayapti.

Zlatan faoliyatini kino sohasida davom ettirishi mumkin

 

Zlatan Ibrahimovich - jahon futboli yulduzlaridan biri. Ammo bu mavsumda shved futbolchisi umuman maydonga tushmadi. U tizzasidagi olgan jarohat tufayli davolanmoqda.

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, Italiya chempioni 2023-yilning yanvarigacha Zlatanga umid bog‘lay olmaydi. Shuning uchun Ibrahimovich vaqtni behuda sarflashni xohlamaydi. U eski orzusi bo‘lgan filmlarda rol o‘ynashni amalga oshirmoqchi.

 

Ibrahimovichning atrofida uzoq vaqtdan beri kino bilan bog‘liq xabarlar paydo bo‘la boshlagandi. Ammo bundan oldin uning filmlarga qiziqishi yuqori darajada emasdi.

 

2016-yilda Zlatan haqida hujjatli film olingandi. Unda kelajakdagi yulduz futbolchining muvaffaqiyatlari haqida so‘zlaydi. Filmda arxiv tasvirlaridan foydalanishgan. 2021-yilda esa Granit Rushiti bosh rolni ijro etgan “Men Zlatanman” badiiy dramasi eʼlon qilindi. Shvetsiyalik hujumchining o‘zi unda maslahatchi bo‘lib ishlagan va suratga olish ishlarida yordam bergan.

 

Futbolchining o‘zi ham bir necha bor filmlarda rol o‘ynash imkoniyati haqida gapirgan:

 

“Bu “Rembo” yoki “The Bourne Identity” kabi bo‘ladi. Ko‘pchilik meni yovuz qahramon rolini o‘ynashim kerakligini aytadi. Menga aktyorlar dunyosining ko‘rinishi yoqadi”.

 

2022-yilda Ibrahimovichning uzoq kutilgan film debyuti bo‘lib o‘tdi. Zlatan mashhur Asterix va Obelix franshizasida Antivirus rolini o‘ynadi, bu haqda o‘zi ijtimoiy tarmoqlarda ham gapirdi. Yangi qism 2023-yilda “Asteriks va Obeliks: O‘rta qirollik” nomi bilan premyera qilindi.

 

Hujumchi bu bilan to‘xtab qolmadi. Italiyaning “Milan News” portali 41 yoshli shved futbolchisiga “Vita da Karlo” sitkomining ikkinchi mavsumida suratga tushishi haqida xabar berdi. Shunisi eʼtiborga loyiqki, filmni ishlab chiqarish va tarqatish “Napoli” prezidenti Aurelio De Laurentisga tegishli bo‘lgan “Paramount +” internet platformasi tomonidan amalga oshirildi. Mavjud maʼlumotlarga ko‘ra, aynan u Ibrahimovich bilan muzokara olib borgan va suratga olishda ishtirok etishini talab qilgan.

 

Zlatan Ibrahimovich faoliyatini yakunlaganidan keyin faoliyatini kino sohasida davom ettirishi mumkin.

 

Zlatan faoliyatini kino sohasida davom ettirishi mumkin | Zamon.uz