Dibala Mourinyo va Allegrini solishtirdi
U Allegrini o‘zining o‘sishi yordam bergan murabbiy deb atadi.

“Roma”ning argentinalik futbolchisi Paulo Dibala Joze Mourinyoni “Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan taqqosladi .
“Menimcha, ular qaysidir maʼnoda juda o‘xshash. Mourino bilan ancha yaqin munosabatdaman, biz tez-tez muloqot qilamiz, fikrlarni muhokama qilamiz. Maydonda ular juda o‘xshash, chunki murabbiylar uchrashuvni nazorat qilishga harakat qiladi. Allegri “Yuventus”da o‘sishimga yordam bergan murabbiylardan biri edi”.
Eslatib o‘tamiz, Dibala yozgi transfer oynasida “Yuventus”dan “Roma”ga o‘tgandi. Uning Italiya klubi bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.







