Neymar: “Oxirigacha shunday davom etaman”
Futbolchi bu mavsumni ajoyib boshladi.

“PSJ”ning braziliyalik hujumchisi Neymar mavsum boshidagi o‘yini haqida gapirdi.
“Men juda xursandman. Mavsumni gollar, golli uzatmalar, jamoaga qo‘limdan kelgancha yordam berish bilan boshladim. Umid qilamanki, mavsumni ajoyib o‘tkazaman va oxirigacha shunday davom etaman. Maydonda ham, maydon tashqarisida ham men jamoadoshlarimga g‘alaba qozonish uchun qo‘limdan kelgan hamma narsani qilaman. O‘ylashimcha, hozir men avvalgidan ko‘ra o‘zimni juda erkin his qilgan holda o‘ynayapman”, — deya Neymarning so‘zlaridan klub rasmiy sayti iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Neymar joriy mavsumda barcha turnirlarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.







