Sport

Ronalduning rekordlari yangilanadimi?

U Chempionlar ligasida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi.

Ronalduning rekordlari yangilanadimi?

 

“Yuventus” yarim himoyachisi Anxel Di Mariya Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan “Makkabi”ga qarshi o‘yinda uchta uzatmani qayd etdi. Ushbu yutug‘i evaziga argentinalik futbolchi golli uzatmalar soni bo‘yicha turnirning eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatida Lionel Messidan o‘zib ketdi. Undan oldinda faqat Krishtianu Ronaldu turibdi. 

 

Krishtianuning rekordlari xavf ostida

 

Portugaliyalik futbolchi Yevropadagi eng nufuzli musobaqada ajoyib natijalarga ega.

 

U Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar va eng yaxshi assistant hisoblanadi. Ronaldu turnirning 183 ta o‘yinida maydonga tushgan. Shuning uchun, u hamon yetakchilik qilib kelmoqda.

 

Lekin yaqin kelajakda yaʼni joriy mavsumda Krishtianuning rekordlaridan biri yangilanishi mumkin. Lionel Messi va Anxel Di Mariya uning bu natijalariga yaqin turibdi.

 

Ronaldu joriy Chempionlar ligasida qatnashmayotganini hisobga olsa, Messi va Di Mariya Ronalduni ortda qoldirish uchun yaxshi imkoniyatga ega.

 

Ronaldu Chempionlar ligasida 141 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda. Messining hisobida esa 127 ta gol bor.

 

Bu yil argentinalik futbolchi o‘zining azaliy raqibiga yeta olmasligi aniq. Sababi u qolgan o‘yinlarda kamida 14 ta gol urishi kerak. Bu esa haqiqatdan biroz uzoqdek tuyilmoqda.

 

Lekin Di Mariya yoki Messi Chempionlar Ligasidagi eng yaxshi assistentlar ro‘yxatida birinchi o‘ringa chiqishi mumkin. Buning uchun Anxelga beshta, Lionelga esa oltita assist kerak. Guruh bosqichida yana kamida uchta uchrashuv va “PSJ” va “Yuventus”ning pley-offdagi yetarli imkoniyatlarini hisobga olsak (darvoqe, klublar bir guruhdan joy olgan), bu borada yangi peshqadam paydo bo‘lishi mumkin.

 

Rostini aytsam, Di Mariyaning birinchi raqamli assistga aylanish imkoniyati ko‘proq. Bu taxmin Messidan o‘zib ketgani uchun emas. Anxel, shuningdek, har bir o‘yinda o‘rtacha golli uzatma berish bo‘yicha turnir tarixidagi kuchli uch o‘yinchidan biri hisoblanadi.

 

Chempionlar ligasi to‘purarlari reytingida Ronaldudan kim o‘zib ketadi?

 

Ikki yildan so‘ng Messi Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanishi mumkinligiga ishonish qiyin. Sababi Ronaldu keyingi mavsumda ham turnirda o‘ynamasligi kerak.

 

Qolgan taʼqibchilar orasidagi farq esa juda katta. Taqibchilar rekordni takrorlashlari uchun jarohatlar tufayli Yevropa darajasidagi musobaqani o‘tkazib yubormasliklari va Chempionlar Ligasining har bir mavsumida 10 ga yaqin gol urishlari kerak bo‘ladi.  Bunga esa ishonish qiyin.

 

Chempionlar ligasida gol urish bo‘yicha ayni vaqtda Erling Holand ajoyib natija qayd etyapti. U musobaqaning 22 ta o‘yinida 28 ta gol urdi. Ayrim statistik maʼlumotlar norvegiyalik futbolchiga katta ustunlik beradi. Ammo “Man Siti” forvardi keyingi bir necha yil davomida shu tezlikda o‘yin namoyish qilishiga ishonish biroz qiyin. Agar shunday bo‘lsa, u tez orada Ronalduga yetib oladi.

 

Aytgancha, Mbappening hozirgi natijalari Ronalduning raqamlari bilan deyarli bir xil. Ajablanarlisi shundaki, hatto Gabriyel Jezusda ham nazariy jihatdan muvaffaqiyat qozonish imkoniyati bor. Bundan tashqari Vinitsius, Verner, Rodrigo va Saneda ham Ronalduning rekordini yangilash imkoniyati bor.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Ronalduning rekordlari yangilanadimi? | Zamon.uz