O‘zbekistonda Rossiyaning yana bir universiteti filiali ochiladi
Ochilish marosimi Tatariston prezidenti tashrifi kunlari bo‘lib o‘tadi.

Toshkentda Qozon federal universiteti filiali ochiladi. Bu haqda “Sputnik Uzbekistan” xabar berdi.
Ochilish marosimi Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovning O‘zbekistonga tashrifi davomida bo‘lib o‘tadi. Tashrif 10-11 oktyabr kunlari rejalashtirilgan.
Birinchi o‘quv yilida bu universitetga 330 talaba qabul qilinadi. RF taʼlim vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, Rossiya OTM va filiallarida tahsil olayotgan o‘zbekistonliklar 53 mingni tashkil etadi.
Avvalroq Toshkent dizayn va moda xalqaro universiteti ochilishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.







