“Real” eng yaxshi natijasini ko‘rsatdi
Klub bu ko‘rsatkichni bundan 31 yil avval qayd etgan.

“Real” klubi Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda.
Karlo Anchelotti shogirdlari La Liga doirasidagi 8 turda 7 ta g‘alaba va bitta durangga erishib, mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda. Opta statistik portali xabariga ko‘ra, klub 1991/92 yilgi mavsumdan buyon 8-turdan keyingi eng yaxshi natijasini ko‘rsatmoqda.
So‘nggi marta aynan o‘sha mavsum klub 8 turda 7 g‘alaba va durangga erishgandi.
Ma’lumot uchun: La Liga navbatdagi turida “Real” 16 oktyabr, yakshanba kuni o‘z maydonida “Barselona”ni qabul qiladi.








