2022-yilda eng ko‘p maosh olgan futbolchilar
Ro‘yxatni eng tepasidan “PSJ” futbolchisi joy olgan.

Kevin De Bryuyne, 31 yosh (“Manchester Siti”) — 29 million dollar ( 25 million dollar futboldan, 4 million dollar futboldan tashqari). Yarim himoyachining Nike, Wow Hydrate, Credit Karma va Therabody kabi 11 ta brend bilan shartnomasi bor.
Andreas Iniyesta, 38 yosh (“Vissel Kobe”) — 30 million dollar (25 million dollar futboldan, 5 million dollar futboldan tashqari). Sentyabr oyida ispaniyalik futbolchi o‘zining sport kiyimlari brendini ishga tushirdi. U Yaponiya bozoriga qaratilgan. Iniyesta bo‘lajak jahon chempionati haqidagi filmda ham suratga tushmoqda.
Eden Azar, 31 yosh (“Real Madrid”) — 31 million dollar (27 million dollar futboldan, 4 million dollar futboldan tashqari). “Real Madrid”dagi omadsiz davr belgiyalik futbolchining daromadiga taʼsir qilmadi. Bir necha yil oldin u FIFA simulyatorining muqovasida paydo bo‘lgandi.
Robert Levandovski, 34 yosh (“Barselona”) — 35 million dollar (27 million dollar futboldan, 8 million dollar futboldan tashqari). Polyak futbolchisining Nike kompaniyasi bilan yaxshi shartnomasi bor. Shuningdek, u o‘zining RL9 kiyim-kechak brendiga hamk ega. Bu yil Robert Huawei bilan uzoq muddatli shartnomani bekor qildi.
Erling Holand, 22 yosh (“Manchester Siti”) — 39 million dollar (35 million dollar futboldan, 4 million dollar futboldan tashqari). Holand Hyperice, Samsung va ViaPlay kabi kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomalar uchun yiliga 4 million dollar oladi.
Muhammad Saloh, 30 yosh (“Liverpul”) — 53 million dollar (35 million dollar futboldan, 18 million dollar futboldan tashqari). Yozda misrlik futbolchi “Liverpul” bilan yangi shartnoma imzoladi. Bundan tashqari, u Adidas‘ning asosiy reklamalarini amalga oshiradi.
Neymar, 30 yosh (“PSJ”) — 87 million dollar (55 million dollar futboldan, 32 million dollar futboldan tashqari). Neymarning “PSJ”ga transferi hamon eng qimmat transferlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Braziliyalik futbolchi Ooredoo kompaniyasining reklamasi orqali ham anchagina pul topadi.
Krishtianu Ronaldu, 37 yosh (“Manchester Yunayted”) — 100 million dollar (40 million dollar futboldan, 60 million dollar futboldan tashqari). Portugaliyalik futbolchi Nike, Herbalife, Livescore kabi kompaniyalar bilan hamkorlik qilib, katta daromad topadi.
Lionel Messi, 35 yosh (“PSJ”) — 120 million dollar (65 million dollar futboldan, 55 million dollar futboldan tashqari). Mutaxassislarning fikricha, Leo Argentina terma jamoasini jahon chempionatida chempionga aylantirishga yordam bersa juda katta miqdordagi pulga ega bo‘lishi mumkin.
Kilian Mbappe, 23 yosh (“PSJ”) – 128 million dollar (110 million dollar futboldan, 18 million dollar futboldan tashqari). Yozda fransuz futbolchisi “Real”ga o‘tishi kutilgan edi. Biroq u “PSJ” bilan shartnomasini uzaytirdi va klubda katta oylik oladigan bo‘ldi.







