Benzema jarohatidan tuzaldi
U “Shaxtyor”ga qarshi o‘yinda ishtirok etadi.

Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema Chempionlar ligasining 4-turidan o‘rin olgan “Shaxtyor” bilan o‘tadigan bugungi o‘yinda ishtirok etadi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, fransiyalik hujumchi Madrid klubining “Xetafe” bilan so‘nggi o‘yinini mushaklaridagi jarohat sabab o‘tkazib yuborgandi. Biroq u keyingi o‘yinda “Real”ning asosiy tarkibida maydonga tushadi.
Benzema ushbu mavsumda La Liganing 5 ta o‘yinida 3 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Chempionlar ligasida o‘tkazgan ikkita o‘yinida hujumchi gol ura olmagan.







