Sport

Chempionlar ligasining bu yilgi debyutantlari

Ular jahon futbolining kelajaklarimi?

Chempionlar ligasining bu yilgi debyutantlari

 

Chempionlar ligasi yosh yulduz futbolchilarni aniqlaydigan katta musobaqa. Joriy mavsumda 17 yoshli yetti nafar futbolchi Chempionlar ligasi bahslarida qatnashdi. Ammo guruh bosqichining hali uchta turi ortda qoldi. Quyida ushbu futbolchilar haqida batafsil maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

 

Mathis Tell, “Bavariya” — “Barselona” debyuti (10 daqiqa)

 

Fransiyalik hujumchi shu yozdan beri “Bavariya”da o‘ynamoqda. Germaniyaliklar Telni 20 million yevroga sotib olgan edi. Bundesligaga o‘tishdan oldin Mathis Liga 1da yettita o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo gol ura olmagan. “Bavariya”da u allaqachon oltita o‘yinda raqib darvozasiga ikkita gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Bu yoshda “Bavariya” tarkibida hech kim gol ura olmagan edi. Futbolchi yangi rekordni qayd etdi. Oradan 3 kun o‘tib, fransiyalik futbolchi Chempionlar ligasida debyut qildi va “Barselona” bilan o‘yinda 10 daqiqadan sal ko‘proq vaqtini maydonda o‘tkazdi.

 

Tom Rote, “Borussiya Dortmund” – “Kopengagen” debyuti (4 daqiqa)

 

Chap qanot himoyachisi 2022-yilning aprel oyida Dortmundning “Borussiya”sida debyut qilgan. Professional kareraning bunday shov-shuvli boshlanishi Tomga Dortmund safida uni asosiy futbolchiga aylantirmadi. Lekin u kamida vaqti-vaqti bilan o‘rinbosar sifatida maydonga tusha boshladi. Shu kungacha Rote beshta o‘yinda, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirishga erishdi. Bir oy oldin u birinchi marta Chempionlar ligasida o‘ynadi. Futbolchi “Kopengagen” bilan kechgan uy o‘yinida besh daqiqa o‘ynadi. Keyin “Sevilya” bilan uchrashuvda maydonda 10 daqiqadan sal ko‘proq vaqt o‘tkazdi.

 

Yusuf Mukoko, “Borussiya Dortmund” — “Kopengagen” debyuti (24 daqiqa)

 

Ehtimol, Mukoko bu yettilik ichida eng mashhur futbolchi bo‘lishi mumkin. Mukoko haqida bir necha yillardan buyon gapiriladi. 16 yoshida germaniyalik futbolchi Chempionlar ligasi tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi. U Sankt-Peterburgdagi “Zenit”ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi, shuningdek, Bundesligada gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Hujumchi shu kungacha “Borussiya” safida 49 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Chempionlar ligasida Yusuf besh marta maydonga tushdi, shu paytgacha u “Sevilya” bilan o‘yinda faqat bitta golli uzatma muallifiga aylandi. “Real Madrid” Kilian Mbappening transferi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Mukokoni ko‘z ostiga olgani haqida mish-mishlar tarqalmoqda.

 

Riko Lyuis, “Manchester Siti” — “Kopengagen” debyuti (33 daqiqa)

 

Xosep Gvardiola yosh o‘ng qanot himoyachisiga o‘zini APLning eng kuchli jamoasida ko‘rsatish imkoniyatini berdi. Lyuis “Manchester Siti” akademiyasini bitirgan va hozir Angliya yoshlar terma jamoasi aʼzosi. Riko bu mavsumda Premyer-ligada debyut qildi. Hamda allaqachon uch marta zaxiradan maydonga tushgan. Chempionlar ligasida esa “Kopengagen” bilan 3-turda maydonga tushdi. Biroq, Lyuis maydonga tushganida, “Man Siti” allaqachon 4:0 hisobida g‘alaba qozonayotgan edi, shuning uchun nimanidir o‘zgartirish qiyin edi.

 

Stefan Baytetik, “Liverpul” — “Ayaks” debyuti (2 daqiqa)

 

Stefan Baytetik “Selta”ning sobiq futbolchisi. Futbolchi hozir Ispaniya U-18 terma jamoasida o‘ynamoqda. Stefan bosim ostida to‘pni yaxshi harakatga keltiradi. Bastetik bir necha yil oldin “Selta”dan “Liverpul”ga o‘tgandi. Ispaniyalik futbolchining Yurgen Klopp jamoasidagi debyuti avgust oyi oxirida bo‘lgandi. O‘shanda u zahiradan maydonga tushib, jamoasi “Bornmut”ni 9:0 mag‘lub etgan o‘yinda ishtirok etgandi.

 

Antonio Nusa, “Bryugge” — “Portu” debyuti (15 daqiqa + gol)

 

“Bryugge” vingeri nafaqat Chempionlar ligasida ishtirok etgan, balki bitta gol ham kiritgan. Asli nigeriyalik bo‘lgan norvegiyalik futbolchi Chempionlar ligasi 2-turida “Portu” bilan o‘yinda (4:0) debyut qildi. U o‘yin yakuniga 20 daqiqa qolganida zaxiradan maydonga tushdi va belgiyaliklarning to‘rtinchi goliga mualliflik qildi. 3-turda esa Nusa “Atletiko” bilan uchrashuvda (2:0) maydonda besh daqiqa o‘tkazdi, xolos.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Chempionlar ligasining bu yilgi debyutantlari | Zamon.uz