“PSJ” oldiga yana qanday rejalar qo‘ygan?
Klub qishda tarkibini kuchaytirish haqida o‘ylamoqda.

“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Angliyalik hujumchining xizmatlariga Parij klubi qiziqmoqda. Bu haqda “Media Foot” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, parijliklar o‘tgan yozda Reshfordga qiziqish bildirishgan, biroq kelishuv amalga oshmagan. “PSJ” endi qishki transfer oynasida Markusni sotib olmoqchi.
Hujumchining “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi, shu bois qishda “PSJ” Rashfordni arzonlashtirilgan narxda sotib olishga harakat qiladi.
“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford Angliya premer-ligasida sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. 24 yoshli ingliz futbolchisi sentyabr oyida o‘tkazilgan ikkita o‘yinda ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.







