Del Pyero: “Yuventus” haqida ijobiy gapirish qiyin”
Turinliklar Chempionlar ligasining navbatdagi turida ham mag‘lubiyatga uchradi.

“Yuventus” va Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Alessandro Del Pyero turinliklar Chempionlar ligasida “Makkabi” klubiga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng fikr bildirdi.
“Ushbu o‘yinda “Yuventus” haqida ijobiy gapirish qiyin. Jamoaga ko‘p narsa yetishmadi. Ular “Makkabi”ga juda ko‘p imkoniyat yaratib berishdi” — deya Del Pyeroning so‘zlaridan UEFA matbuot xizmati iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, “Keksa sinyora” 2022/23 yilgi mavsumning birinchi qismida omadsizlikka uchramoqda. Turin klubi Chempionlar ligasi guruh bosqichining to‘rt turida bor yo‘g‘i 1 ochko to‘plagan, so‘nggi 9 uchrashuvda jami atigi 2 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan. Ayni paytda jamoa Italiya chempionati turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni band etgan.







