Vlahovich Turindan ketaman deyapti
U kelasi mavsum ham Chempionlar ligasida qatnashmoqchi.

“Tutto Juve” xabariga ko‘ra, agar jamoa kelasi mavsumda Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, “Yuventus” hujumchisi Dushan Vlahovich yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
Italiya A Seriyasining joriy mavsumida Turin klubi to‘qqiz turdan keyin sakkizinchi o‘rinda bormoqda. Ularning Chempionlar ligasidagi holati ham juda yomon.
Eslatib o‘tamiz, Yuventus Chempionlar Ligasi “H” guruhida peshqadam “PSJ” va “Benfika”dan 5 ochko ortda qolib, uchinchi o‘rinda bormoqda. Kecha, 11-oktabr kuni Italiya klubi Xayfaning “Makkabi” jamoasi bilan o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.
Oldinroq Vlahovichga APL klublari, “PSJ” va Myunxenning “Bavariya” klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi. Qayd etilishicha, “Yuventus” taxminan 100 million yevrolik hujumchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.







