Benzemaning imkoniyati yuqori — Ronaldo
Sobiq futbolchi bu yil “Oltin to‘p”ni kim olishi mumkinligini aytdi.

Sobiq braziliyalik hujumchi, hozirda “Kruzeyro” (Braziliya) va “Valyadolid” (Ispaniya) klublari egasi Ronalduning fikricha, “Real” hujumchisi Karim Benzema 2021/2022 yilgi mavsum yakunida “Oltin to‘p” sohibiga aylanadi.
“Menimcha, Benzemaning imkoniyati yuqori. U ajoyib statistikaga ega. Boshqa o‘yinchilarning imkoniyati qanday? Benzemaning o‘tgan yili qilgan ishi, boshqalar bajargan vazifa o‘rtasida katta farq bor”, — deya Ronalduning so‘zlaridan “NotiMerica” nashri iqtibos keltirdi.
Maʼlumot uchun: 2022 yilgi “Oltin to‘p”ni topshirish marosimi 17 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Benzema joriy mavsumda barcha turnirlarda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.







