“Kutganmidingiz? Tayyormisiz?”
Tomas Tuxel Angliya terma jamoasini boshqarishi mumkin.

“PSJ” va “Chelsi”ning sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel Angliya terma jamoasiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.
Tuxel sentyabr oyida “Chelsi”ning yangi rahbariyati tomonidan ishdan bo‘shatildi va uning o‘rnini Grem Potter egallagandi. Manbaga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis imkoniyat berilsa, Angliya terma jamoasini boshqarishga tayyor ekanini aytgan.
Angliya terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Qatardagi jahon chempionatidan so‘ng, jamoasi qanday o‘ynashidan qatʼi nazar, isteʼfoga chiqishi haqida mish-mishlar tarqalmoqda. Tuxel omadsiz turnirlarda jamoalarni boshqarishdagi muvaffaqiyatli tajribasi tufayli angliyalikning o‘rniga ideal nomzod bo‘lishi kutilmoqda.







