Ta'lim

O‘qituvchilar qancha vaqt ish joyida bo‘lishi kerak?

Yoki hamma o‘qituvchi 8:00 dan 17:00 gacha maktabda bo‘lishi kerakmi?

O‘qituvchilar qancha vaqt ish joyida bo‘lishi kerak?

 

Maktablarda ish vaqtiga oid qoidalar maktabning ichki mehnat tartib qoidalarida belgilanadi. Chunki Mehnat kodeksining 174-moddasiga asosan korxonada mehnat tartibi ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi. 

 

Shuningdek, bunda o‘qituvchining ish vaqti uning ish yuklamasidan kelib chiqib aniqlanadi. 1 stavka miqdorda (yuqori sinflarda 20, boshlang‘ich sinflarda 18 soat) ishlaydigan o‘qituvchi Mehnat kodeksining 118-moddasiga ko‘ra haftasiga 36 soat (yuqori sinf o‘qituvchisi bir kunda 6 soat, boshlang‘ich sinf o‘qituvchi 7.2 soat) ishlashi kerak.

 

Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 3058) 4-bandiga asosan umumiy o‘rta taʼlim muassasasi pedagog xodimining yillik ish yuklamasi quyidagicha hisoblab chiqiladi:

 

🔹 1-4-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 1 koeffitsiyentga ko‘paytirish orqali, yaʼni:

18x1=18+18=36x4,3 (hafta)=154

8x43 (hafta)=1548 soat;

 

🔹 5-11-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 0,8 koeffitsiyentga ko‘paytirish orqali, yaʼni: 20x0,8=16+20=36x4,3 (hafta)=154

8x43 (hafta)=1548 soat.

 

Taʼkidlash kerakki, yuqoridagi meʼyor faqat to‘liq stavkada ishlaydigan xodimlar uchun taalluqli. Agar o‘qituvchi 10 soat dars bersa, unda hech kim unga kun bo‘yi maktabda bo‘lishi kerakligini haqida talab qo‘ya olmaydi.

 

O‘qituvchi necha soat dars bersa, uning kunlik ish vaqti dars va pedagogik yuklamasi meʼyoridan kelib chiqib belgilanadi.

 

Misol uchun, 10 soat dars beradigan yuqori sinf o‘qituvchisi haftasi 18 soat (dars va pedagogik yuklamani qo‘shgan holda) ishlashi kifoya. Yoki 30 soat darsi bor o‘qituvchi haftasiga 54 soat ishlashi lozim.

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

O‘qituvchilar qancha vaqt ish joyida bo‘lishi kerak? | Zamon.uz