Bu yilgi “Golden Boy” kimga nasib etadi?
Sovrin uchun 20 ta nomzod nomi maʼlum bo‘ldi.

“Tuttosport” nashri 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchiga beriladigan 2022 yilgi “Golden Boy” mukofotiga yakuniy 20 nomzod nomini eʼlon qildi.
Ro‘yxatga quyidagi futbolchilar kiritilgan: Jude Bellingham, Karim Adeyemi (“Borussiya Dordmund”), Eduardo Kamavinga (“Real Madrid”), Pedri, Ansu Fati, Gavi (“Barselona”), Antonio Silva (“Benfika”), Fabio Karvalyu (“Liverpul”), Vilfred Nyonto (“Lids”), Joshko Gvardiol (“RB Leypsig”), Jamal Mutsiala, Mathis Tell, Rayan Gravenber (“Bavariya”), Fabio Miretti (“Yuventus”), Niko Gonsales (“Valensiya”), Nuno Mendes (“PSJ”), Jorjio Skalvini (“Atalanta”), Nikola Zalevski (“Roma”), Benjamin Seshko (“Red Bull Zalsburg”) va Ienoma Destiny Udogiye (“Udineze”).
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili bu sovrinni “Barselona” yarim himoyachisi Pedri qo‘lga kiritgan edi.







