Fransiya terma jamoasi uchun jiddiy yo‘qotish
N‘Golo Kante JCH-2022ni o‘tkazib yuborishi mumkin.

“Chelsi” yarim himoyachisi N‘Golo Kantening avvalgi jarohati yana takrorlandi. Bu haqda “Lequipe” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘tgan haftada tizzasidan olgan jarohati sabab, N‘Golo Kante yana bir necha hafta maydonga tushmasligi mumkin. Shu tariqa futbolchida keyingi oy Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazib yuborish xavfi bor.
Maʼlumot uchun: Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham 9-noyabr kuni JCH-2022 uchun qaydnomasini taqdim qilishi kerak. Kante oxirgi marta 14-avgust kuni maydonga tushgandi.
Avvalroq OAVda “Chelsi” N‘Golo Kante bilan shartnomani uzaytirmoqchi emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi. London klubining maʼlum qilishicha bunga futbolchining doimiy jarohatlari sabab bo‘lmoqda. Kante 2022/2023-yilgi mavsumda bor yo‘g‘i ikkita o‘yin o‘tkazgan.







