“U Holand kabi boshqacha edi”
Sobiq yarim himoyachi Pol Skoulz Ronalduga qarshi birinchi bahs qanday bo‘lganini gapirdi.

“Manchester Yunayted”ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz Krishtianu Ronalduning 2003-yilgi mavsumoldi o‘yinida “Sporting” safida “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinini esladi. Hamda portugaliyalik futbolchining klubdagi faoliyati davomida 700 ta gol urishga erishgani haqida fikr bildirdi.
“Men bu yosh futbolchi kun kelib 700 ta gol uradi deb o‘ylamagandim. O‘sha paytda uni bu darajaga chiqishini hech kim kutmagan. Agar Ronalduning “Real”da amalga oshirgan ishlariga qarasangiz, juda ham shov-shuvli. 2003 yilning avgustida biz “Sporting” bilan mavsumoldi o‘yinida qanday o‘ynaganimizni eslayman. O‘sha bahsda men bu yigitni o‘ziga xosligini sezdim. U Holand kabi boshqacha edi. O‘shanda maydonda ko‘rsatgan o‘yinini keyinchalik ham davom ettirishini tasavvur ham qila olmasdim. Ammo keyin Ronalduning erishgan yutuqlari juda hayratlanarli bo‘ldi. U g‘ayritabiiy hujumchiga aylandi”, — deya Skoulzning so‘zlaridan “Rekord BT” nashri iqtibos keltirdi.







