Kutilmagan uchrashuv
Ronalduning agenti “Barselona” rahbariyati bilan muzokara o‘tkazdi.

“Manchester Yunayted”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Barselona”ga o‘tishi mumkin. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchining vakili Xorxe Mendes Manchesterdagi restoranlardan birida “Barselona” rahbariyati bilan uchrashgan. Biroq, Mendes “Manchester Siti” futbolchisi Bernardu Silvaning agenti ham hisoblanadi va uchrashuvda “shaharliklar” futbolchisini o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib borilishi mumkin edi.
Ronaldu yozda “qizil iblislar”ni tark etmoqchi edi. Forvardning agenti futbolchi uchun variantlarni qidirmoqda. Avvalroq, Londonning “Chelsi” klubi va “Bavariya” portugaliyalik hujumchiga daʼvogar sifatida ko‘rilayotgan edi. Shuningdek, futbolchiga MLSdan Devid Bekxemning “Inter Mayami” klubi qiziqayotgani haqida ham maʼlumotlar bor edi.
Joriy mavsumda Ronaldu APLda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.







