Laporta “El-klasiko”da “Barsa”ning imkoniyatini yuqori baholadi
U “Real” ham oxirigacha kurashishini taʼkidlagan.

“Barselona” prezidenti Joan Laporta Ispaniya Primerasining 9-turidan o‘rin olgan “Real”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan, uning musobaqadagi yetakchilik va jamoaning ruhiy holati borasidagi ahamiyatini baholadi.
“Barselona” va “Real” uchrashuvlari har doim juda qiziqarli bo‘ladi. Chunki, bunday o‘yinda g‘alaba qozongan jamoa yana-da kuchliroq bo‘ladi. Yutqazgan esa, shunga ko‘ra, maʼnaviy zarba oladi, bu unga zarar yetkazadi. Agar natijaga erishib, jadvalda peshqadamlik qilishda davom etsak, bu bizni yana-da kuchli qiladi. Bizda eng yaxshi o‘yin tizimi mavjud. “Real Madrid” hamisha oxirigacha kurashadi, buni tan olish kerak. Umid qilamizki, bu o‘yinda ham o‘tgan mavsumdagidek hammasi yaxshi bo‘ladi”, — deya Laportaning so‘zlaridan “Marca” nashri iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, “Real Madrid” — “Barselona” uchrashuvi 16-oktabr kuni “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘tgan mavsumda “ko‘k-anorranglilar” Madridda 4:0 hisobida g‘alaba qozonishgan.







