“Real” “El-Klasiko”da “Barselona”ni mag‘lub etdi
O‘yin 3:1 hisobida yakunlandi.

Bugun, 16-oktyabr kuni La Liga 9-turidan o‘rin olgan “Real” – “Barselona” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda mezbonlar 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
O‘yin davomida Benzema, Valverde va Rodrigo o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Mehmonlarning yagona goliga Torres mualliflik qildi.
Shu tariqa “qaymoqranglilar” 9 turdan so‘ng 25 ochko ishlashga muvaffaq bo‘ldi. Jamoa ayni payt peshqadamlik qilib turibdi. “Barselona" hisobida 22 ochko mavjud bo‘lib, klub 2-pog‘onani band etgan.








