Sport

Futbol bo‘yicha 2023 yilgi Osiyo kubogi qayerda o‘tkazilishi maʼlum bo‘ldi

Osiyo kubogi — 2023 musobaqasi Xitoyda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan edi.

Futbol bo‘yicha 2023 yilgi Osiyo kubogi qayerda o‘tkazilishi maʼlum bo‘ldi

 

Osiyo futbol konfederatsiyasi Qatarni 2023 yilgi Osiyo kubogi mezboni sifatida tanladi.

 

Futbol bo‘yicha 2023 yilgi Osiyo kubogi musobaqalari Qatar o‘tkaziladi. Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida Qatar musoqabaning mezboni sifatida tasdiqlandi.

 

“OFK va Osiyo futbol oilasi nomidan Qatar futbol assotsiatsiyasini yaqinlashib kelayotgan OFK Osiyo Kubogi musobaqasiga mezbonlik qilish huquqi berilgani bilan tabriklayman”, — dedi OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa.

 

Taʼkidlash joizki, Avstraliya, Indoneziya, Janubiy Koreya va Qatar Osiyo kubogini o‘z maydonlarida o‘tkazish taklifini bergan edi.

 

Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogi—2023 musobaqasi Xitoyda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan edi. Ammo mamlakatdagi COVID-19 pandemiyasi sabab Xitoy uni o‘tkazishdan bosh tortgan. Musobaqa 2023 yilning 16 iyundan 16 iyuliga qadar davom etadi.

 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi muddatidan ilgari 2023 yilda futbol bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga yo‘llanma olgan. O‘zbekiston ketma-ket 8 marta Osiyo kubogida ishtirok etadi.

 

Qatar OFK Osiyo kubogi musobaqasining amaldagi chempioni hisoblanadi, 1988 hamda 2011 yillarda ham qitʼaning eng nufuzli birinchiligiga ushbu mamlakat mezbonlik qilgan.

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"