“Nyukasl” tinchimayapti
Klub “Yuventus” futbolchisini “nishonga olgan”.

“Nyukasl” “Yuventus” darvozaboni Voytsex Shesniga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Calciomercato.com” nashri xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, kelishuv 2023-yilning yozida amalga oshishi mumkin, Turin klubi esa futbolchini shartnoma muddati tugashiga bir yil qolganda qo‘yib yuborishga tayyor.
32 yoshli Shesni “Yuventus”ga 2017-yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. Avvalroq polshalik darvozabon “Roma”da ham o‘ynagan. Joriy mavsumda 7 ta o‘yinda Shesni 6 ta gol o‘tkazib yubordi va 3 marta toza o‘yin o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, Voytsex 2005-yildan 2017-yilgacha Londonning “Arsenal” klubi darvozaboni bo‘lgan va u uchta sovrinni qo‘lga kiritgan. Italiyada Shesni ikki marta Kubok va Superkubokni qo‘lga kiritdi, shuningdek, uch marta mamlakat chempioni bo‘ldi.







