Sport

Portugaliyaning yangi Ronaldusi

Siz uni qanchalik taniysiz?

Portugaliyaning yangi Ronaldusi

 

Rafael Leau qishki transfer bozoridagi asosiy futbolchilardan biri bo‘lib turibdi. O‘tgan mavsum A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi o‘zining ikkinchi ajoyib yilini o‘tkazmoqda. Shu tariqa u bir vaqtning o‘zida bir nechta top-klublarning eʼtiborini tortdi. 23 yoshli hujumchi “Milan” bilan 2024-yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan, biroq u bir necha oy ichida klubini o‘zgartirishi mumkindek ko‘rinmoqda.

 

Leau kim o‘zi?

 

Leau ham Ronaldu kabi faoliyatini “Sporting”da boshlagan. Hujumchi tez rivojlandi. U 2017/2018-yilgi mavsumda Portugaliya kubogida gol urdi. Bu uning kattalar futbolidagi debyut goli bo‘ldi. O‘sha yili Leau UEFA Yoshlar ligasida oltita o‘yinda beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Bir yildan so‘ng esa futbolchi “Lill” klubga o‘tadi.

 

Fransiyada hujumchi oldinga katta qadam tashladi. Liga 1 ga o‘tishdan oldin u katta futbolda atigi beshta o‘yin o‘tkazgandi. Mazkur bahslarda ham u ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. 2018/2019 yilgi mavsumda Leau Fransiya chempionatining 24 ta o‘yinida sakkizta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.  Rafaelning “Lill” bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan edi. Ajoyib o‘yinlardan so‘ng fransuz klubi istiqboli bor yigitni “Milan”ga 29,5 million yevroga sotib yubordi.

 

Portugaliyalik futbolchi Italiyada to‘rt mavsumdan beri faoliyat olib borib kelmoqda.

2019/2020-yilgi mavsum - 31 o‘yin, 6 gol, 2 golli uzatma;

2020/2021-yilgi mavsum - 30 uchrashuv, 6 gol, 6 golli uzatma;

2021/2022-yilgi mavsum - 34 o‘yin, 11 gol, 10 golli uzatma.

 

Bundan tashqari, o‘tgan mavsumda Leau “Milan” tarkibida Italiya chempioni bo‘ldi. Bundan tashqari mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Shuningdek, Portugaliyaning asosiy jamoasida debyut qildi. Hujumchi terma jamoa safida 11 o‘yin o‘tkazib, ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. Klub tarkibidagi o‘yinga kelsak, Leau mavsumni juda yaxshi boshlad. U Chempionlar Ligasining to‘rtta o‘yinida uchtadan golli uzatmani amalga oshirdi va A Seriyaning sakkizta uchrashuvida to‘rtta gol urdi va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Yevro-2016da g‘alaba qozongan Portugaliyada ikkita kuchli hujumkor o‘yinchi bor edi. Bular Diogo Jota va João Feliks. Leau ham Portugaliyaning yangi asosiy yulduziga aylanishi mumkin. Uning katta turnirlarda tajribasi yo‘q, ammo aynan Rafael Fernando Santos uchun hozir muhim hujumkor o‘yinchi hisoblanadi.

 

Hozirda “Milan” rahbariyati portugaliyalik bilan shartnomani yangilamoqda, chunki unga allaqachon “Manchester Siti”, “Chelsi” va “PSJ” qiziqish bildirmoqda. “Mediafoot” nashrining xabariga ko‘ra, parijliklar vingerni 150 million yevroga sotib olishga tayyor. Ammo “Milan” futbolchini saqlab qolish uchun bor kuchini sarflamoqda. “Football Italia” nashrining xabariga ko‘ra, klub rahbariyati hujumchiga shartnoma taklif qilish rejalashtirgan. 

 

Milan sport direktori Paolo Maldini futbolchi haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

 

“Biz Rafael Leau bilan shartnomani uzaytirmoqchimiz. Chunki, biz uning o‘sishiga yordam beradigan eng yaxshi klubmiz. Biz hali ham muzokaralar olib borishimiz va kelishuvga erishishimiz kerak”.

 

Maldini “Milan”ni Leau uchun ideal klub deb hisoblasada, uning jamoada qolish ehtimolini yuqori baholamadi. Agar kimdir portugaliyalik futbolchi uchun katta miqdorda (100+ million yevro) taklif qilsa, uni sotishi mumkin.

 

Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022-yilgi jahon chempionati futbolchining “Milan”dan ketish yoki ketmasligini belgilaydi. Portugaliyalik futbolchi bundan avval yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati g‘olibi va kumush medali sohibiga aylangan. Endi to‘rt yillikning asosiy turnirida o‘zini ko‘rsatish vaqti keldi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Portugaliyaning yangi Ronaldusi | Zamon.uz