Toni Kroos Valverdeni maqtadi
U jamoadoshini eng kuchli futbolchilar qatoriga kiritdi.

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos La Liganing 9-turidan o‘rin olgan “Barselona”ga qarshi o‘yinda jamoasining g‘alabasiga munosabat bildirdi. Nemis futbolchisi jamoadoshi Federiko Valverdeni maqtadi.
“Federiko Valverde ayni damda o‘z pozitsiyasida dunyoning eng kuchli uchta futbolchisidan biri”, — deb Toni Kroos o‘zining twitter sahifasida shunday post qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 oktyabr kuni Madridning “Real” klubi La Liganing 9-turi doirasida “Barselona”ni qabul qildi. Uchrashuv “Qirollik klubi”ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Jamoa safida Karim Benzema, Federiko Valverde va Rodrigo gol urishdi.
Shundan so‘ng, “Real” 25 ochko jamg‘arib, chempionat turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Barselona” esa ikkinchi o‘rinda bormoqda.







