Sport

Faoliyatida eng ko‘p jarohat olgan futbolchilar

Ular juda ko‘p vaqtini maydon tashqarisida o‘tkazib yuborgan.

Faoliyatida eng ko‘p jarohat olgan futbolchilar

 

“Pop Foot” nashri tarixdagi eng ko‘p jarohat olgan futbolchilar haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi. Quyida ushbu futbolchilar haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin:

 

Tomash Rosiki (16 ta jarohat, 1301 kunni o‘tkazib yuborgan)

 

Chexiyalik yarim himoyachining eng yaxshi yillari Dortmundning “Borussiya” klubida va “Arsenal”da o‘tgan. 2007/2008 yilgi mavsumda Rosiki London klubida o‘ynab, tizzasidan jarohat oldi. Ushbu jarohat tufayli yarim himoyachi bir yildan ortiq maydonga tushmadi. Tomash 2015/2016 yilgi mavsumda ham musobaqada qatnasha olmadi. Tizzasidagi operatsiyadan keyin 220 kunni o‘tkazib yubordi. Rosiki faoliyatining so‘nggi yillarini “Sparta”da o‘tkazdi, biroq u yerda ham jiddiy jarohatdan qutulolmadi. 2016/2017 yilgi mavsumda mushak tolalari yorilishi tufayli 22 ta uchrashuvni o‘tkazib yubordi.

 

Xolger Badshtuber (22 ta jarohat, 1305 kunni o‘tkazib yuborgan)

 

Badshtuber faoliyatidagi eng og‘ir jarohatini “Bavariya”da olgandi. 2012 yilning dekabrida nemis himoyachisi oyoqlarini sindirib, bir yarim yilga safdan chiqdi. Keyinchalik himoyachi son va to‘pig‘idan olgan jarohati tufayli yana deyarli bir yilni o‘tkazib yubordi. 2017 yilda Badshtuber “Bavariya”dan “Shtutgart”ga o‘tdi. O‘shanda futbolchi bosh murabbiy Karlo Anchelotti bilan mojaro tufayli Myunxen klubini tark etganini takidlagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis unga ishonmagan, shu bois Xolger jamoasini o‘zgartirgan. Badshtuber 2022 yil sentyabrida faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi, uning so‘nggi klubi “Lyusern” bo‘ldi.

 

Ronaldo (8 jarohat, 1324 kunni o‘tkazib yuborgan)

 

Braziliyalik ikki karra jahon chempioni, ikki karra «Oltin to‘p» sohibi, “Oltin butsa” sohibi, 2002 yilgi jahon chempionatining to‘purari. Ronaldoning bundan tashqari yana boshqa ko‘plab mukofotlari bor. Ammo jiddiy jarohatlar bo‘lmasa, bular yana-da ko‘proq bo‘lishi mumkin edi. 1999/2000 yilgi mavsum futbolchining faoliyatidagi eng qiyin mavsum bo‘ldi. U o‘sha paytda “Inter”da o‘ynardi. sindirdi. Jarohatlar tufayli Ronalduo deyarli ikki yil maydonga tushmaydi.

 

Jek Uilsher (18 ta jarohat, 1470 kunni o‘tkazib yuborgan)

 

Angliyalik futbolchi jarohatlar tufayli o‘z imkoniyatlarini to‘liq ochib bera olmadi. “Arsenal”da Jek to‘pig‘idan jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi, tizzasini operatsiya qildirdi. “Vest Xem”ga o‘tish bularga taʼsir qilmadi. Xuddi shu to‘pig‘i va son qismidagi jarohatlar tufayli u bir yildan ko‘proq vaqtni o‘tkazib yubordi. Uilsherning so‘nggi klubi Daniyaning “Orxus” klubi bo‘ldi va u faoliyatini 2022 yilning yozida yakunladi. U hozirda “Arsenal” akademiyasida ishlamoqda.

 

Aren Robben (58 ta jarohat, 1507 kunni o‘tkazib yuborgan)

 

Gollandiyalik futbolchi 50 dan ortiq jarohat olgan. 2009 yilning yozida Robben “Bavariya”ga o‘tdi va oradan bir yil o‘tib mushaklaridan jarohat oldi. Shu sababli u besh oy maydonga tushmadi. Bundan tashqari, turli xil jarohatlar soni ko‘payib ketdi. Robben faoliyatining so‘nggi yilini “Groningen” safida o‘tkazdi. Biroq u yerda ham son qismidagi jarohatlari tufayli 200 kundan ko‘proq vaqtni o‘tkazib yubordi.

 

Abu Diabi (21 jarohat, 1747 kunni o‘tkazib yuborgan)

 

Futbolchi jarohati sababli faoliyatidago deyarli besh yilni o‘tkazib yubordi. 2013 yilning mart oyida Diabi tizzasidan jarohat oldi. Bu esa uni bir yildan ortiq vaqtni o‘tkazib yuborishiga sabab bo‘ldi. O‘sha paytda Abu nafaqaga chiqish haqida o‘ylayotgan edi. Ammo “Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Venger uni jarohatdan tiklanishga ko‘ndirgan. Afsuski, bu samarali qaytish bo‘lmadi.

 

Faoliyatida eng ko‘p jarohat olgan futbolchilar | Zamon.uz