Sport

Qaysi davlat futbolchilari “Oltin to‘p” bilan eng ko‘p mukofotlangan?

Bir necha kun oldin fransiyalik Karim Benzema ushbu sovringa ega bo‘ldi.

Qaysi davlat futbolchilari “Oltin to‘p” bilan eng ko‘p mukofotlangan?

 

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand nafaqat Angliya, balki Yevropada dahshatli o‘yinlari bilan hammani hayratga solmoqda. Joriy mavsumda norvegiyalik futbolchi o‘rtacha har bir o‘yinda bittadan ko‘p gol urmoqda. Hozircha hech kim hujumchini qanday to‘xtatib qolish yo‘lini topolmayapti. Holandda yaqin o‘n yillikda “Oltin to‘p” uchun asosiy daʼvogarlar qatoriga kirishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud. U mazkur sovrinni qo‘lga kiritgan Skandinaviya mamlakatlari (Daniya, Norvegiya, Shvetsiya)ning ikkinchi vakiliga aylanishi mumkin. Bundan avval, 1977-yilda Myonxengladbaxning “Borussiya” klubining daniyalik hujumchisi Allan Simonsen ushbu sovrinni qo‘lga kiritgandi.

 

Bor yo‘g‘i 20 ta davlat futbolchilari “Oltin to‘p” sohibiga aylanishgan. Quyida bular haqida to‘liqroq maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

 

Argentina terma jamoasi safida birgina Leo Messi yetti bor mazkur yutuqni qo‘lga kiritgan. U 2009, 2010, 2011, 2012, 2015, 2019, 2021-yillar davomida “Oltin to‘p” mukofoti sohibiga aylanadi. Portugaliya termasida to‘p surgan futbolchilar ham yetti bor ushbu sovringa ega chiqqan.  Krishtianu Ronaldu 2008, 2013, 2014, 2016, 2017-yillar “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan. Eysebio 1965-yil, Luish Figu esa 2000-yil dunyoning eng kuchli futbolchisi deb topilgan.

 

Germaniya ham bu ko‘rsatkichlarda mana shunday natijaga ega. Nemislardan Frans Bekkenbauer 1972-1976-yillar va Karl-Xaynts Rummenigge 1980-1981 yillar mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgan. 1970-yil Gerd Myuller, 1990-yil Lotar Matteus va 1996-yil Mattias Sammer ham bir martadan mazkur sovrinni qo‘lga kiritishgan.

 

Gollandiyalik futbolchilar ham bir necha bor “Oltin to‘p”ga egalik qilishgan. “Total futbol” asoschisi Kroyff 1970 yillar boshida, Van Basten esa 80-yillarning oxiri va 90-yillarning boshida uch karra eng yaxshi futbolchi bo‘lgan.

 

Fransiya ham bu bo‘yicha natijalari bilan matana oladi. Bir necha kun oldin 2021-2022-yilgi “Oltin to‘p”ni ham aynan fransiyalik Karim Benzema qo‘lga kiritdi. Undan avval Platosh laqabli Mishel Platini 80-yillarning o‘rtalarida o‘zining eng yuqori cho‘qqisida, yaʼni 1983-1985-yillarda mukofot sohibiga aylangan. Bu vaqt ichida u “Yuventus”ga ikki marta Italiya chempionatida va bir marta Yevrokubokda g‘alaba qozonishga yordam berdi. Shuningdek, Fransiya jamoasi tarkibida Yevro-1984da g‘alaba qozondi.

 

Zinedin Zidan 1998-yilda fransuzlar birinchi marta jahon chempioni bo‘lishganida Yevropaning eng yaxshi futbolchisi sifatida tanlandi. Zidan 2000-yilda Figudan keyin ikkinchi o‘rinni egallab, bu sovringa yaqin kelgandi. Agar yarim himoyachi 2006-yili Fransiya terma jamoasi bilan jahon chempionatida qatnashganida yana bir bor bu sovringa ega bo‘lishi mumkin edi.

 

1995-yilgacha “Oltin to‘p” faqat amerikalik futbolchilarga berilganida, unda braziliyaliklar sovrinlar soni bo‘yicha katta farq bilan yetakchilik qilgan bo‘lardi. Pele norasmiy ravishda yettita “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi. “France Football” nashri 1995 yilgi marosimda qayta baholashni eʼlon qildi. Ovoz berish jarayonida esa  Pele 1958, 1959, 1960, 1961, 1963, 1964 va 1970-yillarda “Oltin to‘p”ni olishi kerakligi haqida qaror qabul qilindi. Garrincha (1962) va Romario (1994) ham bittadan sovrin olishlari mumkin edi.

 

Germaniya kabi italiyaliklar ham besh marta “Oltin to‘p” sohibiga aylanishgan.  Italiyada Alessandro Del Pero, Franchesko Totti, Paolo Maldini, Andrea Pirlo va Janluiji Buffon yilning eng yaxshilari deya eʼtirof etilgan.

 

Mukofotning birinchi sovrindori angliyalik futbolchi hisoblanadi. 1956-yilda “Blekpul” hujumchisi Stenli Metyus sovrinni Alfredo Di Stefano va Raymond Kopedan oldin qo‘lga kiritdi. Muxlislar o‘sha paytlarda futbolchining driblingi va jismoniy holati, uzatmalarni amalga oshirish qobiliyatiga qoyil qolishgan. Bobbi Charlton 1966-yilda jahon chempionatida g‘olib chiqqan Angliya terma jamoasi yetakchisi edi. Kevin Kigan 70-yillar oxirida “Liverpul” va “Gamburg”da porladi, buning uchun u ketma-ket ikki marta mukofotga loyiq ko‘rildi. Angliya futbolining oltin bolasi Maykl Ouen “Liverpul”dagi ajoyib o‘yini va jamoaning 2001-yilgi Angliya kubogi, Liga kubogi, UEFA kubogi, shuningdek, Angliya Superkubogi va UEFA Superkubogidagi g‘alabasi evaziga “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan. Yangi asrda bu mukofot britaniyaliklar uchun yagona bo‘lib qolmoqda.

 

Dunyoga Raul, Xavi, Andres Iniyesta, Emilio Butragueno va boshqa ko‘plab yulduzlarni yetishtirib bergan mamlakat bo‘lmish Ispaniyalik futbolchi oxirgi marta 1960-yil bu sovrin qo‘lga kiritilgan.

 

Bundan tashqari Ukraina, Chexoslovakiya, Shotlandiya, Vengriya, Daniya, Bolgariya, Liberiya, Shimoliy Irlandiya va Xorvatiyalik futbolchilari bir martadan “Oltin to‘p” sovriniga ega chiqishgan.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Qaysi davlat futbolchilari “Oltin to‘p” bilan eng ko‘p mukofotlangan? | Zamon.uz