Toshkentda isitish mavsumi qachondan boshlanishi aytildi
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 12 oktyabrdan ijtimoiy soha obyektlari, 14 oktyabrdan esa ko‘p qavatli turar joy binolari muntazam isitilishi boshlangandi.

Toshkent shahar hokimi qaroriga asosan Toshkentda 22 oktyabrdan isitish mavsumi boshlanadi, deya xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.
Poytaxtdagi markazlashgan issiqlik taʼminotidan foydalanuvchi isteʼmolchilarni issiqlik bilan taʼminlash maqsadida 2022 yil 19 oktyabrdan issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.
22 oktyabrdan ijtimoiy soha obyektlari va 24 oktyabrdan ko‘p qavatli turar joy binolarini bosqichma-bosqich issiqlik energiyasi bilan taʼminlash boshlanadi.







