Klopp o‘z futbolchisini maqtadi
Kecha “Liverpul” navbatdagi turda uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya premyer-ligasining 12-turi doirasida “Vest Hem Yunayted”ga qarshi o‘yindan so‘ng urugvaylik hujumchi Darvin Nunes haqida gapirdi. Bahs “Liverpul” klubining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
“U bu uchrashuvda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Nunes ulkan isteʼdod egasi. U endigina 22 yoshga to‘ldi. Futbolchimning kechagi o‘yinidan xursandman», — deya Kloppning so‘zlaridan “BBC” nashri iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning 22-daqiqasida “mersisaydliklar” oldinga chiqib olishdi, o‘shanda himoyachi Konstantinos Tsimikasning uzatmasidan so‘ng Darvin Nunes gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Liverpul” 16 ochko bilan turnir jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Vest Hem” 13-o‘rinda qoldi. “Bolg‘achilar” hisobida 11 ochko bor.







